Onkologiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k in-t → institut
Qator 9:
Eksperimental O.ning asoschisi M. A. Novinskiy dunyoda birinchi boʻlib hayvonlarda xavfli oʻsmalarni biridanbiriga koʻchirib oʻtkazib, oʻsmalarning eksperimental shtammlarini hosil qilish uchun yoʻl ochdi. N. N. Petrovning nazariy va amaliy O.ga qoʻshgan hissasi ulkan. Uning "Oʻsmalar xaqida umumiy taʼlimot" (1910) monografiyasi O. tarixida shifokor-onkologlarning ilk dasturi boʻlib qoldi va oʻsmalar haqidagi bilimlarning keng tarqalishiga olib keldi.
 
Oʻzbekistonda O. fanining rivojlanishi P. F. Borovskiy, L. D. Vasilenko va b. olimlar nomi bilan bogʻliq. 1931 y.da Toshkentda Oʻzbekiston rentgen-radiologiya va oʻsma i.t. instituti ochilib, 1940 y.gacha faoliyat koʻrsatishi, 1946 y.da Toshkent vrachlar malakasini oshirish in-tidainstitutida O. kafedrasi ochilishi, 1958 y.da Oʻzbekiston Rentgenologiya, radiologiya va onkologiya i.t. instituta tashkil etilishi, respublikadagi barcha tibbiyot in-tlaridainstitutlarida onkologiya kafedralari faoliyat koʻrsata boshlashi O. sohasida keng koʻlamda tadqiqotlar olib borilishiga imkon berdi.
 
Oʻzbekiston onkologlari tomonidan oʻsmalar bilan birga uchraydigan kasalliklar, quyosh nurining oʻsma toʻqimalaridagi almashinuvga taʼsiri (J. M. Abdurasulov, K. Ye. Nikishin vab.), oʻsma kasalliklari epidemiologiyasi va on-kologik yordamni tashkil etish (N. Q. Murodxoʻjayev, K. G. Bobrina), xavfli oʻsmalar immunologiyasi masalalari (A. I. Nikolayev), oʻsmalarni rentgenologik (J. M. Abdurasulov), ultratovush (A. A. Fozilov) va radioizotop (N. Q. Murodxoʻjayev) usullar orqali aniqlash yoʻllari takomillashtirildi.