Aleksandr Samoylovich: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k in-t → institut
Qator 1:
'''Samoylovich Aleksandr Nikolayevich''' [1880.17(29).12, Nijniy Novgorod — 1938.13.2, Moskva] — turkiyshunos olim, akad. (1929). Sankt-Peterburg un-ti sharq ftini tugatgan (1903). Shu un-tda oʻqituvchi, privatdotsent (1907— 17), prof. (1917—22). Leningrad Sharq tillari in-tiinstituti prof. (1920—37), rektori (192225). SSSR FA gumanitar fanlar boʻlimi akad.kotibi (1929—33), Sharqshunoslik in-tiinstituti direktori (1934—37). S. turkman, usmonli turk, oʻzbek, krimtatar tillari, folklori, etnografiyasi, adabiyoti boʻyicha tadqiqotlar olib borgan. Xususan, oʻzbek adabiy tili va mumtoz adabiyoti, folklori va etnografiyasiga oid 100 dan ortiq asar yozgan, oʻzbek adabiy tilining shakllanish yoʻllarini tadqiq etgan ("Chigʻatoy adabiy tilida "joʻqchilik" unsurlari", 1930; "Oʻzbek adabiy tilining qurilish yoʻllari haqida", 1932). Uning "Navoiy tuyuklari" (1917), "Chigʻatoylik Amiriy tuyuqlaridan" (1926), "Lutfiyning chigʻatoy cha tuyuklari" (1926), "19asr Xiva tuyuqlari" (1927) asarlarida oʻzbek adabiyotida tuyuq janri urganilib, uning uziga xos xususiyatlari ochib berilgan. Atoiy, Bobur asarlarini urganish va nashr etish boʻyicha ham bir qancha ishlarni amalga oshirgan. 1937 y.da nohaq qamoqqa olingan va otib tashlangan.
 
== Manbalar ==