Uzumchilik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k in-t → institut
Qator 11:
U. sohasidagi ilmiy tadqiqot va amaliyot ishlari 1948 y.da tashkil etilgan hoz. Bogʻdorchshshk, uzumchilik va vinochilik institutida olib borildi va U.ning nazariy va amaliy masalalari, kishmish navlarining hosildorligi hamda gʻujum koʻrinishi sifatini oshirishda oʻstiruvchi moddalar taʼsiri (mas, gibberellin) oʻrganildi, tog va togʻ oldi shagʻalli yerlarda, Mirzachoʻl va Fargʻona vodiysida uzumzorlar barpo qilish uslubi ishlab chiqildi. Int.ning Samarkand filialida 100 ga maydonda uzumning 105 navi oʻstiriladigan tajriba maydoni tashkil qilindi, Oʻzbekistonda ekiladigan toklarning botanik kolleksiyasi yaratildi.
 
Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot in-tidainstitutida hamda uning viloyatlardagi filiallarida, Butunittifoq oʻsimlikshunoslik inti Oʻrta Osiyo filialida uzumning Oʻzbekiston muskati, Gʻalaba, Oktyabr, VIR1, Xishrov kishmishi, Samarkand kishmishi, Joʻrauzum, Tarnoye, Rizamat va oʻnlab navlari yaratildi. Bu ishlarda akad. M. Mirzayev, A. M. Negrul, M. S. Juravel, A. V. Ribakov, V. I. Gorbach, Yu. M. Javakyans va b. uzumshunos olimlarning , R. Musamuhamedov kabi xalq seleksionerlarining hissasi katta boʻldi.
 
Hoz. Oʻzbekiston U.da 120 ming ga tokzor mavjud. Uning 70% dan koʻprogʻi Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Xorazm, Buxoro viloyatlarida joylashgan. Hosil beradiganlari 98,8 ming ga, oʻrtacha hosildorligi 63,1 s/g (2003). Respublikada U. maydonlarini kengaytirish, hosildorligini oshirish, jahon bozori talablariga moye maxsulotlar yetishtirishga eʼtibor berilmokda. U. yoʻnalishida juda koʻp fermer xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatadi. Bu yoʻnalishda "Oʻzmevasabzavotuzumsanoat" xolding kompaniyasi, "Mevasabzavot" uyushmasi kabi soha tashkilotlari katta ishlarni amalga oshirmokdalar.