Fransiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boʻlimlarni vikifikatsiyalash
DastyorBot (munozara | hissa)
k un-t → universitet
Qator 64:
 
== Tibbiy xizmati ==
Sogʻliqni saklash sohasi kasalxonalardan va "shahar tibbiyoti" deb ataluvchi erkin tibbiy muassasalardan iborat. Tibbiyot tarmogʻida 2 mln.ga yaqin kishi ishlaydi (60 mingi kasalxonalarda). Davlat sogʻliqni saklash tizimi rivojlangan. F.da profilaktik tibbiyotning ahamiyati katta. Bu — tugishgacha va undan keyingi davrlarda ayollarni nazorat qilib, tadqiqotlar olib borish va ayrim koʻp tarqalgan kasalliklar (asosan, chekish, alkogolizm, OITSga qarshi kurash va h.k.) boʻyicha ish joylarida va axborot kompaniyalarida konsultatsiyalar olib borish va h.k.lardir. Shu tufayli F.da bolalar oʻlimi dunyoda eng past darajada. Vrachlar 33 un-tninguniversitetning tibbiyot f tlarida tayyorlanadi. Mashhur balneologiya kurortlari: Vittel, Vishi, PlombyerleBen, EksleBen va b.; iklimiy kurortlari: Antib, Kann, Mentona, Nitssa (Lojuvard sohil), Biarrits, Dyep.
 
Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. Davlat maorif tizimi markazlashgan. Davlatning maktab ustidan nazorati 19-a. boshida Napoleon I davridan boshlangan. Zamonaviy taʼlim tizimi 19-a. oxirlarida qabul qilingan. 1905 y.dan davlat va cherkov maktablari ajratilgan. 1959 y.dan majburiy taʼlim joriy kilingan. 6 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun taʼlim majburiy va un-tuniversitet darajasiga barcha oʻrta maktablarda oʻqish bepul. Maktabgacha taʼlim muassasalari hamda oʻrta maktablarda 12 mln. 236 ming bola tarbiyalanadi va taʼlim oladi (2002). Oʻsmirlar savodxonligi dunyoda eng yukrrilardan biri — 99%. 2—3 y. maktabgacha tarbiyadan soʻng 6 yoshdan 11 yoshgacha boʻlgan bolalar boshlangʻich maktabda oʻqiydilar. Oʻrta maktabdagi taʼlim 2 bosqichdan iborat boʻlib, oʻquvchilar 15 yoshgacha kollejlarda, soʻng umumiy litsey, akademik kurslarda oʻqiydilar yoki hunar litseylarida texnika taʼlimi oladilar va hunar oʻrganadilar.
 
Oliy taʼlim tizimiga un-tlaruniversitetlar, oliy oʻquv yurtlari, texnika maktablari kiradi. 90 un-tuniversitet, 3600 oliy oʻquv yurtida 2 mln. 129 ming talaba taʼlim oladi (2003). Eng yirik oliy taʼlim muassasalari — Parij universiteti, Oliy normal maktab, Milliy politexnika inti, Oliy amaliy maktab, Milliy maʼmuriy maktab, Oliy konchilik maktabi, Kollej de Frans va b.
 
Eng yirik kutubxonalari: Parijdagi Milliy kutubxona (7 mln.dan ortiq asar), Fransiya in-ti kutubxonasi (1,5 mln. asar), Sorbonna kutubxonasi (1,8 mln. asar), SentJenevyev kutubxonasi (1,5 mln.dan ortiq asar), Arsenal kutubxonasi (1,5 mln.dan ziyod asar), Strasburgdagi Milliy va un-tuniversitet kutubxonasi (3 mln.dan ortiqasar). Eng yirik muzeylari: Parijdagi Luvr (225 galereya va 400 mingdan ortiq eksponat) Versal, Karnaval (Parij tarixi) muzeylari, J. Pompidu nomidagi sanʼat va madaniyat milliy markazi, Pikasso muzeyi, Zamonaviy sanʼati muzeyi, Impressionistlar muzeyi, Amaliy sanʼat muzeyi, Balzak, Gyugo, Roden muzeylari, Graf MonteKristo qasri deb atalgan If o.dagi muzey va b. Ilmiy muassasalari, asosan, Parij va uning atrofida joylashgan. I.t.larning asosiy kismi oliy taʼlim maktablarida olib boriladi. Davlat i.t. muassasalari: Kosmik tadkikrtlar milliy markazi, Atom energiyasi boʻyicha komissarlik, tibbiyot tadqiqotlari va sogʻliqni saklash milliy inti, ijtimoiy tadqiqotlar milliy inti, Okeanografik tadqiqotlar milliy markazi va Informatika vakolatxonasi. Yirik i.t. markazlari: "Noraviasion", "Elektrisite de Frans", "Sharbonaj de Frans", "Gaz de Frans", "SenGoben", "FransAtom", "MerlenJeren", "Krezo" va "Shneyder" kompaniyalari.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. F.da matbuot davlat nazorati va senzuradan mustaqil. F.da nashr etiladigan yirik gaz. va jur.lar: "Figaro" (kundalik gaz., 1826 y.dan), "Le Pariziyen" ("Parijlik", kundalik gaz., 1944 y.dan), "Mond" ("Tinchlik", kundalik gaz., 1944 y.dan), "Frans Suar" ("Fransiya oqshomi", kundalik kechki gaz., 1941 y.dan), "Oror" (kundalik gaz., 1944 y.dan), "Krua" ("Xoch", kundalik kechki katolik gaz., 1880 y.dan), "Yumanite" ("Insoniyat", kundalik gaz., 1904 y.dan), "Uest—Frans" ("Gʻarbiy Fransiya", kundalik gaz., 1944 y.dan), "Syud—Uest" ("JanubiGʻarb", kundalik gaz., 1944 y.dan), "L ekspress" (haftalik ijtimoiysiyosiy jur., 1953 y.dan), "Pari match" ("Parij matchi", haftalik bezakli jur., 1949 y.dan), "MariKler" (oylik jur., 1954 y.dan) va b.
Qator 154:
Oʻzbekiston va F. oʻrtasidagi ilmiytexnikaviy aloqalar ham rivojlanmoqda. Bu aloqalar 1993 y. okt.da imzolangan madaniy, ilmiy va texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim asosida olib borilmoqda. Har yili yuzdan ortiq Oʻzbekiston fuqarosi F.ning turli oʻquv yurtlarida malaka oshirib kelmokda. Ikki mamlakat oliy oʻquv yurtlari oʻrtasida talaba va prof.
 
oʻqituvchilar almashish, stajirovka, oʻqituvchilar malakasini oshirish kurslari, birgalikdagi seminarlar tashkil etish rivojlangan. Oʻz navbatida, Parij, Tuluza, Lion, Eks/Marsel, "Parijsyud" va "Parij IV" un-tlariuniversitetlari bilan Toshkent, Samarqand, Buxoro un-tlariuniversitetlari, Toshkent iqtisodiyot un-tiuniversiteti, "Bretansyud" un-tiuniversiteti bilan Oʻzbekiston jahon tillari un-tiuniversiteti oʻrtasidagi hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. F. Oʻzbekistonga Yevropa Ittifoqining TASIS dasturi doirasida ham kadrlar tayyorlash sohasida texnikaviy yordam koʻrsatyapti. F. Bosh vaziri huzuridagi Davlat boshqaruvi xalqaro instituta (DBXI) OʻzR Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasiga texnikaviy yordam koʻrsatish boʻyicha 1 mln. 400 ming ekyu kiymatidagi dastur muvaffaqiyat bilan amalga oshiriddi, fransuz mutaxassislari akademiya tinglovchilariga maʼruzalar oʻqishdi. Shuningdek, OʻzR vazirliklarining xodimlari har yili DBXI ning qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida oʻqib kelayotir.
 
Oʻzbek va fransuz olimlari oʻrtasidagi ilmiy hamkorlik ham muvaffaqiyat bilan davom etmokda. Bunda OʻzR Fanlar akademiyasi va F. ilmiy tadqiqotlar milliy markazi oʻrtasidagi samarali hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Ayniqsa, arxeol., astronomiya, oʻsimliklarni himoya qilish sohalaridagi hamkorlik yaxshi natija bermoqda.
Qator 160:
1998 y. okt.da OʻzR Fanlar akademiyasi delegatsiyasi F.ning Atrof muhit va energiyani boshqarish markaziga tashrif buyurdi. Kuyosh energiyasidan foydalanish boʻyicha oʻzbek olimlari tomonidan taklif qilingan loyiha Yevropa hamjamiyati doirasida SOR ERNICUS fantini olishga muvaffaq boʻldi. Tashrif davomida mazkur loyihaning tashkiliy masalalari muhokama qilindi. F. bilan madaniy va ilmiytexnikaviy hamkorlikda 1995 y.dan Toshkentda faoliyat yuritayotgan F. Tashki ishlar vazirligi qoshida tuzilgan Markaziy Osiyoni oʻrganish fransuz in-ti katta rol oʻynayapti. Institut fransuz va oʻzbek olimlari hamda tadqiqotchilari hamkorligida gumanitar va ijtimoiy sohalarda turli tadkiqotlar olib boradi, ilmiy asarlar chop etadi. Institut arxeol., sanʼat, musiqashunoslik, Markaziy Osiyoning qad. va zamonaviy tarixi buiicha boy kutubxonaga ega boʻlib, dunyoning barcha mamlakatlarida Markaziy Osiyoga oid chop etilgan asarlarni yigʻishga kirishgan. Int kisqa vaqtda "19-a.dan beri Markaziy Osiyodagi islomiy islohotlar", "Hindiston — Markaziy Osiyo: savdo va fikr yoʻllari", "Rossiyada islom", "Temuriylar merosi", "Qoʻlyozmalarni saklash", "Islom va musiqa" mavzularida xalqaro konferensiyalar tashkil kildi va ularning materiallarini chop etdi.
 
OʻzR Fanlar akademiyasi bilan F.ning ilmiy tadqiqotlar ilmiy markazi oʻrtasida tuzilgan shartnoma doirasida arxeol. sohasida samarali hamkorlik olib borilmoqda. 1995 y. yanv.da OʻzR Fanlar akademiyasining geol. va geofizika instituta bilan J. Furye hamda Grenobl un-tlariuniversitetlari oʻrtasida seysmologiya sohasida shartnoma tuzilgan. OʻzR Fanlar akademiyasi Kime va oʻsimlik moddalari in-ti F.ning "Lotoksan" tashkiloti bilan birgalikda uzoq muddatli shartnomalar asosida kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarmoqda.
 
Hoz. paytda F. ilmiy tadqiqotlar markazi bir qator sohalarda, xususan, chorvachilik, vinochilik, nodir metallar, oʻsimliklar asosidagi yangi doridarmonlar, neft va gaz mahsulotlari va b. sohalarda hamkorlik oʻrnatish imkoniyatlarini oʻrganmoqda. Toshkent texnika un-tiuniversiteti bilan Parij un-tiuniversiteti oʻrtasidagi hamkorlik haqidagi shartnoma koinotdan olinadigan agrosuratlarni oʻrganuvchi oʻzbekfransuz ilmiy markaziga asos boʻldi.
 
Fransuz sanʼat muxlislarini oʻzbek sanʼati bilan tanishtirish Oʻzbekiston mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlangan. 1994 y.da tanikdi oʻzbek sanʼatkorlari Turgʻun Alimatov va Munojot Yulchiyeva Parij sahnalarida konsert berib, fransuz sanʼat muxlislari olqishlariga sazovor buldi, Parijda ularning bir necha lazer disklari chiqaridsi. "Soʻgʻdiyona" ansambli Liondagi milliy konservatoriyada uz repertuarini ijro etdi. Oʻzbek xonandasi Matluba Dadaboyeva 1996 y. birinchi marta uz qushiqlarini fransuz tomoshabinlariga havola etgan bulsa, 1997 y.da xalq qoʻshiqlari festivalida qatnashdi. 1998 y.da esa Xorazm xalq qoʻshiklari ijrochisi Zuhra Jumaniyozova bilan birgalikda Parijda boʻlib oʻtgan "Ijodiy fantaziya festivali"da muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Konsert kunlari "Musavvir" va "Us to" birlashmalari oʻzbek xalq xunarmandchiligi kurgazmasini tashkil etishdi. 2004 y. davomida Oʻzbekiston BA F.ning yirik shaharlarida oʻzbek zamonaviy tasviriy va amaliy sanʼati koʻrgazmalarini oʻtkazdi. 1996 y. Parijning "Katta saroy" muzeyidagi "Buyuk ipak yulida buddaviylik sanʼati" koʻrgazmasida Oʻzbekiston tarixi muzeyi kolleksiyasidan oʻrin olgan Buddaning loydan yasalgan haykali namoyish etildi. 1994 y. Mirzo Ulugʻbekning 600 yillik yubileyini nishonlash doirasida olimning ilmiy merosiga bagʻishlangan ilmiy anjuman, Oʻzbekiston sanʼat ustalarining konserti utkaziddi. "Temuriylar sanʼati va tarixini urganish hamda uzbekfransuz madaniy aloqalari" assotsiatsiyasining "Temurid" jur. ning maxsus soni Mirzo Ulugʻbekka bagʻishlab chiqarildi. 1996 y. Parijda Amir Temur tavalludining 660 yilligi, 1997 y. esa, YUNESKO rahbarligida Buxoro va Xiva sh.larining 2500 yilligi munosabati bilan bayram tadbirlari utkazildi. Buxoro va Xiva sh.lari yubileyi tantanalariga "Oʻzbekiston madaniyati kunlari" ulanib ketdi. Shuningdek, F.da oʻzbek yozuvchilarining , Oʻzbekistonda fransuz yozuvchilari asarlarining tarjimalari amalga oshirilib kitoblari nashr etilmoqda. Bu ishlarni amalga oshirish uchun F. Tashki ishlar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi dasturni ishlab chiqdi. 2003 y. fransuz yozuvchisi F. Bressanning F.da fransuz tilida nashr etilgan "Maftunkor Samarkand" kitobining takdimoti bulib utdi. Toshkentdagi F. elchixonasida 2002 y.dan V. Gyugo nomidagi fransuz madaniy markazi ishlamoqda. 2004 y. fev.da Parijda "Ibn Sino" uyushmasi tuzildi. 1998 y. apr.dan Oʻzbekistonda "Oʻzbekiston — Fransiya" dustlik jamiyati faoliyat yuritmoqda. Samarkand va Lion, Buxoro va RyuelMalmezon sh.lari oʻrtasida toʻgʻridantoʻgʻri hamkorlik aloqalari urnatilgan. Malika Sharipova, Mirshohid Aslanov.