Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k in-t → institut
DastyorBot (munozara | hissa)
k un-t → universitet
Qator 65:
 
== Tibbiy xizmati ==
Vrachlar un-tlarninguniversitetlarning tibbiyot f-tlarida, hamshiralar bilim yurtlarida tayyorlanadi. K.da SanVisente, San-Diyego-delos-Banʼos, Santa-Fe va b. mashhur kurortlar bor.
 
Maorifi, ilmiy va madaiiy-maʼrifiy muassasalari. 1961 y. gi qonunga binoan, maorif davlat ixtiyoriga olindi va oʻqish bepul qilindi, 9 y. lik (6 y. lik boshlangʻich va 3 y. lik asosiy oʻrta) majburiy taʼlim joriy etildi. Hamma oʻquv yurtlarida stipendiya beriladigan boʻldi. Oliy oʻquv yurtlari: Ganava unti, Santyago-de-Kuba, Santa-Klara, Kamaguey un-tlariuniversitetlari, Ganava yaqinida Oliy ped. instituti, Milliy sanʼat maktabi, chet tillar oliy instituti va b. Eng yirik kutubxonalari: Xose Marti nomidagi Milliy kutubxona, Ganava un-tiuniversiteti kutubxonasi. Ganavada Milliy muzey, Xalq sanʼati muzeyi, Inqilob muzeyi, Antropologiya muzeyi va b. bor.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Asosiy gaz. va jur.lari: "Granma" (kundalik gaz., 1965 y.dan), "Trabaxadores" ("Mehnatkash", haftalik gaz., 1970 y.dan), "Tribuva de la Ganava" ("Ganava minbari", haftanoma, 1980 y.dan), "Adelante" ("Olgʻa", gaz., 1959 y.dan), "Vanguardia" ("Ilgʻor", gaz., 1962 y.dan), "Venseremos" ("Biz yengamiz", gaz., 1972 y.dan), "Viktoria" ("Gʻalaba", gaz., 1967 y.dan), "Muxeres" ("Ayollar", oylik jur., 1961 y.dan), "Xiron" (gaz., 1960 y.dan), "Eskambray" (gaz., 1979 y.dan) va b. Milliy axborot agentligi — hukumatning rasmiy agentligi, 1974 y.da tuzilgan; Prensa Lativa, Lotin Amerikasi axborot agentligi, 1959 y.da asos solingan, Ganavada joylashgan. K. radioeshittirish va telekoʻrsatuv instituti davlat muassasasi boʻlib, u 1962 y.da tuzilgan, mamlakatdagi radioeshittirish (1922 y.dan boshlangan) va telekoʻrsatuvlarni (1950 y.dan boshlangan) nazorat qiladi. 1997 i. mamlakatda 5 milliy, 1 xalqaro, 14 viloyat va 31 munitsipal radiost-ya ishladi. K. televideniyesi Ganavada joylashgan.
Qator 73:
 
== Adabiyoti ==
S. Bilbaoning "Sabr koʻzgusi" dostoni (1608) K. adabiyotining birinchi mashhur asarlaridan sanaladi, unda mahalliy aholining turmushi aks ettirilgan. 18-a. boshlaridan kitob nashr etila boshlashi, Ganava un-tiuniversiteti ochilishi, davriy nashrlar paydo boʻlishi K. adabiyotining rivojlanishiga yordam berdi. 18-a. oxirlarida Fransiyadagi burjua inqilobi va Shim. Amerikadagi mustaqillik uchun urushlar taʼsirida K. yozuvchilari (M. de Sekeyra-i-Arango, M. X. de Ruvalkana, B. P. Ferrer va b.) Ganava vatanparvar jamiyati (1793) atrofiga toʻplanib, maʼrifatparvarlik gʻoyalarini targʻib qildilar. 17—18-a. larda kreol va negr xalqi sheʼriyati rivojlandi. 19a. da romantizm yoʻnalishida, mustamlakachilikni qoralash ruhida asarlar yaratildi. X. Marti "Urush shoirlari" kitobida shoirlarning vatanparvarlik ruhidagi sheʼrlarini toʻpladi. Romantik prozaga X. A. Echeverria asos soldi. S. Vilyaverde, R. Mesa, N. Eredia romanlarida realistik tamoyillar aks etdi.
 
Zavonaviy ilgʻor adabiyotga asos solgan X. Marti ijodi inqilobiydemokratik romantizmdan realizmga rivojlanib bordi. Uning "Erkin sheʼrlar", "Oddiy sheʼrlar" turkumlariga kiritilgan sheʼrlari mustamlakachilikka vafrat, erksevarlik ruhi bilan sugʻorilgan edi. Ispaniyaga qarshi urush (1895—98) taʼsirida ijtimoiy sheʼriyat vujudga keldi. R. E. Boti, A. Akosta ishqiy lirikaga murojaat qilishdi. R. Pedroso, M. Vanarro Luva va b. shoirlar oʻtkir ijtimoiy mavzularni qalamga oldilar. 1920-y.lar oxirida X. S. Talyet va R. Girao Afrika-Kuba poeziyasi (negr folklori va raqslari zaminida asar yaratish)ga asos soldilar. Lotin Amerikasi adabiyoti tarixida A. Karpentyer ijodi katta oʻrinni egallaydi. Uning "Aroziy saltanat", "Yoʻqolgan izlar", "Maʼrifat asri" romanlari mashhur. Isteʼdodli shoir N. Gilyenning adabiy faoliyati 30-y.lar avvalida boshlandi. K.ning zavonaviy adabiyotida shoirlardan A. Auxyer, F. Hamis, R. Retamar, prozachilardan X. Poʻng , S. Mante, M. Kofino va b. barakali ijod qilmokdalar.
Qator 91:
 
== Teatri ==
K.da qadimdan indeyslarning areito deb ataladigan teatr tomoshalari koʻrsatib kelingan. 16-a. da teatr sanʼati ispan diniy teatri taʼsirida rivojlandi. 17-a.da dastlabki dunyoviy teatr truppalari vujudga keldi. 18-a. ning 1-yarmida kubalik muallifning (S. Pite deb taxmin qilinadi) "Shahzodabogʻbon yoki soxta Kloridano" degan dastlabki asari paydo boʻldi. 1838 y. Ganavada 3 ming oʻrinli "Takon" teatri ochildi. Unda drama, opera va balet spektakllari qoʻyildi. 1910 y. da teatr jamiyati tuzildi, jur.lar nashr etildi, yangi truppalar, jumladan, "Kueva" teatri (1936) tashqil topdi. 1941 y. Ganavada aktyorlar va rej.lar tayyorlash uchun Dramatik sanʼat akademiyasi va Gavana un-tiuniversiteti qoshida teatr maktabi ochildi. 40—50y.larda P. Alfonso, K. Felipe va b. dramaturglar turli mavzularda asarlar yaratdi. Teatrlarning repertuarlaridan jahon mumtoz dramaturgiyasining namunalari oʻrin oldi. Gavanada K. milliy teatri (1959), Eksperimental teatr (1961), Milliy qoʻgʻirchoq teatri (1963), Teatr uyi (1964), Bolalar va oʻsmirlar birlashgan milliy teatri (1966) bor. Ular milliy dramaturglardan V. Pinyera, X. Triana, A. Estorino, R. Ferrer, E. Kintero pyesalarini, jahon klassikasi asarlarini sahnalashtirgan.