Saraton (kasallik): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 2:
'''Saraton''' (boshqa nomlari: '''kanser''' ({{lang-la|cancer}} — “qisqichbaqa”), '''rak''' ({{lang-ru|рак}})) — epiteliy toʻqimasidan rivojlanadigan xavfli oʻsma. Epiteliy hujayrasi bor barcha aʼzolar — teri, shilliq qavatlar, qiziloʻngach, oʻpka, meʼdaichak yoʻli, siydik-tanosil aʼzolari, shuningdek, miya va h.k.da paydo boʻladiSaraton hujayralari juda tez boʻlinadi va rivojlanadi hamda atrofdagi sogʻlom hujayralarni yemirib boradi.
 
Boshqa xavfli oʻsmalar kabi, saraton ham, odatda, oʻzi oʻrnashgan joydagi toʻqimani yemirishi, retsidiv, metastaz berishi va organizmning umumiy holatiga taʼsir koʻrsatishi, kaxeksiya (qoq suyak boʻlib ozib ketish) bilan xavfsiz oʻsmalardan farq qiladiSaraton alohida viruslar faoliyati, shuningdek, </rliturli fizik, kimyoviy va biologik omillar, kanserogen moddalarning odam organizmiga taʼsiri hamda organizmning oʻzida sodir boʻladigan endogen (ichki) kanserogen moddalar, radioaktiv nurlar taʼsirida vujudga kelishi mumkin.
 
Saraton toʻsatdan paydo boʻlmaydi, koʻpincha rak nishonasi deb atalib, surunkali kechadigan patologik uzgarishlardan soʻng rivojlanadi, shuningdek, teri, meʼda, bachadon boʻynidagi uzoq vaqt bitmaydigan yaralar, poliplar, sut bezlari fibroadenomatozi va h.k. oqibatida ham paydo boʻladi. Ammo shu kasalliklardan keyin, albatta, saraton rivojlanadi deb boʻlmaydi, chunki saratonka sabab boʻladigan kasalliklar oʻz vaqtida uzilkesil davolansa, uning oldini olish mumkinSaratonning harakterli xususiyatlaridan biri shuki, toʻqimada oʻsma hosil boʻlib rivojlangandan keyingina kasallik belgilari yuzaga chiqadi va oʻsma oʻsayotgan aʼzo funksiyasi keskin buziladi.