Suriya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k in-t → institut
DastyorBot (munozara | hissa)
k un-t → universitet
Qator 46:
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
6 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun boshlangʻich taʼlim majburiy. Maktab dindan ajratilgan, ammo diniy maktablar ham bor. Bir necha xususiy oʻquv yurti mavjud. Darslar arab tilida olib boriladi. S.da 4 unt va bir qancha davlat oliy oʻquv yurtlari [Damashq un-tiuniversiteti (1923), Halabdagi un-tuniversitet (1960), Himsdagi un-tuniversitet (1979), Latakiyadagi un-tuniversitet (1971), Damashq oliy texnologiya instituti va b.] ishlaydi, ularda pul toʻlab oʻqiladi. Arab akademiyasi (1919), Damashq akademiyasi (1919), qishloq xoʻjaligi. ilmiy markazlari bor. Damashkda un-tuniversitet kutubxonasi va Milliy kutubxona (1880), Halabda Milliy kutubxona (1924), Latakiyada Milliy kutubxona (1944), Damashkda Milliy muzey (1919) va Arab tamadduni muzeyi (1976—77), Halabda Arxeologiya muzeyi (1960), Palmira muzeyi (1961), Hims, Tartus, Busroda muzeylar mavjud.
 
 
Qator 64:
5—6-a.larda S.da mahalliy ilk Vizantiya badiiy maktabi shakllandi (Antioxiya, Apameya, Shaxba qadama naqqoshligi). Tosh va suyak oʻymakorligi, pol mozaikasi, kitob miniatyurasi rivojlandi. 7—8-a.larda S. arab madaniyatini rivojlantirishga katta hissa qoʻshdi, naqqoshlik, haykaltaroshlikning yangi uslublari yaratildi. Oʻsha davrda oʻrta asr shaharlarining qiyofasi shakllandi, mayejid, Madrasa, tim, kasalxona, karvonsaroy, hammom va b. barpo etildi (Palmira yaqinidagi Qasr alXayr alGʻarbi, 8-a., Damashkdagi toqiravoqli jome masjid, 705—715 y.lar). Salibchilar tomonidan roman uslubida qurilgan qasrlarning harobalari saqlangan (Hims sh. yaqinidagi Klark deShevalye qoʻrgʻoni, 12-a.). 13—15-a.larda meʼmorlikda bezakka koʻp eʼtibor berildi, rang-barang koshinlardan, toshlardan, naqshdan keng foydalanildi, yogʻoch oʻymakorligi rivojlandi. Kitob miniatyurasi sanʼati yuqori bosqichga koʻtarildi.
 
Usmonli turk imperiyasi tarkibida boʻlgan yillar (1516—1918) da turk meʼmorligiga xos hasham ortdi. Tasviriy sanʼatda nakshni asliga yaqinlashtirish avj oldi. 20-a.ning 60—90y.larida Vahbi alHaririy, Burhon Tayyor, Mahmud Nofal, TamimalKisraviy, Jozef Abduxdsid kabi meʼmorlarning loyihalari asosida zamonaviy binokorlik konstruksiyalaridan foydalanib, milliy shakldagi imoratlar qurila boshladi (Damashqdagi Kasaba uyushmalari binosi, Damashq va Halabdagi un-tuniversitet korpuslari, Latakiyadagi munitsipalitet binosi va b.). Tasviriy sanʼatda modernizm unsurlari sezila boshlasada, koʻpgina rassomlar mahalliy badiiy anʼanalarni davom ettirdilar (Afif Baxnassi, Nozim Jaʼfariy, Maxmud Jalol, Jak Varde, Muhammad Fathiy va b.). Xalq amaliy sanʼatida kashtachilik, kandakorlik, badiiy toʻquvchilik rivojlangan.