Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k un-t → universitet
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
Qator 16:
 
== Tarixi ==
Qadim zamonlarda G. hududida indeys qabilalari yashagan. 16-a. gacha G. hududi Igueras yoki Ibueras deb atalgan. G. ni 1502 y. X. Kolumb ochgan. 1524 y.dan uni ispanlar bosib olishga kirishdi va 1525 y.da toʻla-toʻkis oʻziga boʻysundirdi. 16-a. oʻrtalarida G. Gvatemala general-kapitanligi tarkibiga kiritildi. Mahalliy xalq ispan zamindorlari va kon egalari tomonidan qattiq jabr-zulmga duchor boʻldi. Ogʻir mehnatga bardosh bera olmay qirilib ketgan indeyslar oʻrni Afrikadan keltirilgan qul negrlar b-n toʻldirilgan. G. xalqi 1821 y. 15 sent.da mustaqillikka erishdi. 1823—38 y.larda Markaziy Amerika Qoʻshma viloyatlari tarkibida boʻldi. 1824 y.da qullik bekor qilindi. 1839 y. G. respublikasining birinchi konstitutsiyasi qabul qilingan. Bu paytda chet el, ayniqsa, Buyuk Britaniya va AQSH kapitali G. iqtisodiyotiga kira boshladi. G. xalqining ogʻir mehnat sharoitiga qarshi koʻtargan gʻalayonlari (1905, 1907, 1911, 1912), xalq koʻzgʻolonlari AQSH qoʻshinlari tomonidan bostirildi. 1929—33 y.lardagi iktisodiy tanglik xalq ahvolini yanada ogʻirlashtirdi. Natijada 1931—32 y.larda bir necha marta xalq qoʻzgʻolonlari boʻlib oʻtdi. 20-a. boshlaridan 80-y.lar oxirigacha G.da diktatorlik rejimlari va harbiy xuntalar hukmroshshk qildi. Nihoyat, 1997 y. 30 noyab.da boʻlib oʻtgan saylovda oʻrta va mayda ishbilarmonlarning G. liberal partiyasi rahbari Karlos Roberto Flores Fakusse gʻalaba qozondi va G. prezidenta etib saylandi; 1998 y. 27 yanv.dayanvarda vazifasini bajarishga kirishdi. Milliy bayrami — 15 sent.— Mustaqillik kuni (1821).