Namibiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boʻlimlarni vikifikatsiyalash
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
Qator 14:
N.ning qirgʻoq chizigʻi tekis. Yer yuzasining aksari qismi bal. 900—1500 m yassitogʻlik boʻlib, daryo vodiylari va tektonik botiklar mavjud. Eng baland joyi 2600 m (Brandberg togʻi). Yassitogʻlikning sharqiy va shim. chekkalari qiya, gʻarbiy chekkasi esa sohil boʻyi tekisligi — Namib choʻliga tik tushgan. N.ning markazi va jan.dagi keng bukilma quyi kembriy yotqiziqlari bilan toʻlgan. Foydali qazilmalardan mis, germaniy, qoʻrgʻoshin-vanadiy, marganets, qalay, volfram konlari bor. Oltin, kumush, uran rudalari, oltingugurt, rux, sohildan va dengizning sohilga yaqin qismidan olmos xdm qazib olinadi.
 
Iklimi tropik, juda quruq. Eng issiq oyi — yanv.ningyanvarning oʻrtacha t-rasi 18—27°, eng salqin oyi — iyulniki 12—16°. Yillik yogʻin sohilda 10—15 mm, shim.sharqida 500 — 700 mm. Koʻpgina daryolarida faqat yomgʻir yoqqan vaqtda suv oqadi. Yirik daryolari: Oranj, Zambezi va Kunene. N. hududining koʻp qismida tropik choʻl va qizgʻish qoʻngʻir tuproq. Namib choʻlida oʻsimlik juda siyrak. Yassitogliklar kserofit butazorlar bilan qoplangan. Balandroq joylar chala choʻl va choʻl savannasidan iborat. Hayvonlardan endemik kemiruvchilar, hasharotxoʻrlar, naytish yashaydi. Viverralar, kiyik, sirtlon uchraydi. Hayvonlarningayrim turlari faqat milliy bogʻlar va qoʻriqxonalarda saqlanib qolgan, milliy bogʻlarning eng kattasi — Etosha milliy bogʻi.