Rubl: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
Qator 1:
'''Rubl''' — Rossiya Federatsiyasi pul birligi. 1992 y.dan muomalaga kiritilgan. IP. = 100 kopeyka. Xalqaro ifodasi RUR. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari = 34,04 R. (2004, 20 yanv.yanvar).
 
R. 1917 y.dagi Oktyabr toʻntarishiga qadar Rossiya imperiyasi, 1919—91 y.larda sobiq SSSR (shu jumladan, 1924—91 y.larda Oʻzbekiston)da amalda boʻlgan. "R." atamasi 13-a.da Novgorodsa grivna [uz. 20 sm, ogʻirligi 200 g ga yaqin boʻlgan kumush quymasining kesilgan (ruscha "rublenniy")] yarim boʻlagi nomi tarzida paydo boʻldi. 1704 y. dan boshlab muntazam holda vazni 28 g boʻlgan kumush R.lar zarb qilina boshlandi, shuningdek, mis va oltin R.lar ham zarb qilinishi davom etdi. 1843 y.dan esa R. davlat xazinasining qogʻoz biletlari koʻrinishida chiqarila boshlandi. 1897 y.ga kelib oltin R. asosiy pul birligiga aylandi va 1914 y.gacha muomalada boʻldi.