Skandinaviya yarim oroli: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
Qator 1:
'''Skandinaviya yarim oroli''' - Yevropaning shim.gʻarbidagi yarim orol. Shim.dan jan.ga qariyb 1900 km ga choʻzilgan, eni 800 km gacha (Yevropada eng yirik yarim orol). Boltiq, Shimoliy, Norvegiya va Barens dengizlari suvi oʻrab turadi. Materikdagi chegarasi shartli ravishda Botnik qoʻltigʻidan Varangerford qultigʻigacha boʻlgan joydan oʻtgan. S.ya.o.da Norvegiya, Shvetsiya va Finyayandiyanmng shim.gʻarbiy qismi joylashgan. Shim. va gʻarbiy qirgʻoklari fordlar bilan kuchli parchalangan, arxipelag va orol koʻp. Yarim orolning jan. qismi Skagerrak boʻgʻozi va Boxus qultigʻi orqali ikkiga ajralgan. Sharqi va jan.dagi past, qiya sohil qismi kichikroq buxtalar bilan parchalangan. S.ya.o.ning gʻarbiy va shim. qismida Skandinaviya togʻlari (eng baland joyi — 2469 m, Galxyopiggen togʻi), sharqida pastroq Norland yassitogʻligi (eng baland joyi 800 m), jan.da morenali pasttekislik, undan janubroqda gʻarb, sharq va jan.dan sohilbuyi pasttekisliklari bilan chegaralangan gumbazsimon Smoland qiri (eng baland joyi 377 m) bor. S.ya.o. Boltiq qalqoni va kaledon burmali strukturasida joylashgan. Materik muzlanishining Yevropadagi markazi hisoblangan S.ya.o.dagi muzning qalinligi ayrim joylarda 1500 m ga yetgan. Foydali qazilmalardan temir, mis rudalari, titan va qoʻrgʻoshin, shelf qismida neft konlari bor. S.ya.o.ning aksari qismi moʻʼtadil mintaqa, chekka shim. qismi subarktika mintaqasida. Gʻarbida qishi yumshoq dengiz iqlimi (yanv.ning oʻrtacha t-rasi shim.da —4°dan jan.da 2° gacha), yozi birmuncha salqin (8—14°). Yillik yogʻin 1000—3000 mm. Skandinaviya togʻlari tepalarida yanv.yanvar ning oʻrtacha t-rasi —16° gacha, iyulda 6— 8°. Taxm. 5000 km2 maydon muz bilan qoplangan. S.ya.o.ning sharqiy qismida moʻʼtadil iqlim kontinental iqlimga oʻtib boradi, yanv.yanvar ning oʻrtacha t-rasi shimda —15° dan jan.da —3° gacha, iyulniki 10—17°, yillik yongʻin 300—800 mm. Daryo koʻp, sersuv, serostona. gidroenergiya zaxirasiga boy. Koʻl kup, ular tektonik harakatlar va muzlik natijasida vujudga kelgan. 40% dan ortiq maydoni oʻrmon. Gʻarbida torf botqokdiklari, jan.da aralash va keng bargli oʻrmonlar bor. Chekka shimoli tundra. Yarim orolda oʻrmon hayvonlaridan los, tulki, kuyon, shim.da bugʻu yashaydi. Qush koʻp. Qirgʻoqqa yaqin suvlari baliqqa boy.
 
{{stub}}