Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boʻlimlarni vikifikatsiyalash
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
Qator 16:
 
== Tarixi ==
T. hududida odam paleolit davridan yashaydi. Mil. 1—2-a.larda monlarning dastlabki davlati vujudga kelgan. 13-a.da shim.dan kelgan tay qabilalari monlar bilan qoʻshilib ketgan; birinchi yirik tai davlati — Sukotai barpo etilgan (1238). 1350 y.da asos solingan Ayutiya (Siyom) qirolligi uning oʻrnini egallagan. 16 va 18-a. larda Siyom Birma bilan urush olib borgan va biroz vakt unga tobe boʻlib qolgan. Ozodlik kurashiga 16-a.da Naresuan, 18-a.da Taksin boshchilik qilgan. 19-a. oʻrtalarida Siyom Buyuk Britaniya, Fransiya, AQSH bilan teng huquqli boʻlmagan bitimlar tuzgan. 19-a. Oxiri — 20-a. boshlarida yer islohoti va b. islohotlar oʻtkazgan. 1932 y. davlat toʻntarishi natijasida konstitutsiyali monarxiya eʼlon qilingan. 1939 y. mamlakat T. deb yuritila boshladi. 1940 y. T. bilan Yaponiya oʻrtasida doʻstlik va oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzolandi. 1942 y. yanv.dayanvarda T. AQSH va Buyuk Britaniyaga urush eʼlon qildi. 1943 y.ga kelib mamlakat amalda Yaponiya tomonidan okkupatsiya qilindi. T.da ozodlik kurashi kuchaydi. "Ozod Tay" ommaviy yashirin harakati tashkil topdi. 1945 y. 19 avg .da T. Yaponiyaga karshi urushayotgan koalitsiya davlatlariga sulh taklif etdi. Urushdan keyingi yillarda mamlakatda bir necha marta harbiy toʻntarish boʻlib, notinchlik hukm surdi, hukumatlar almashinib turdi. 1991 y.gi harbiy toʻntarish (1932 y.dan buyen 17toʻntarish)dan soʻng Jamoat tartibini saklash milliy kengashi hokimiyat tepasiga chikdi. T. — 1946 y.dan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 5 dek. — qirol tugʻilgan kun (1927). OʻzR suverenitetini 1991 y. 26 dek.da tan olgan va 1992 y. 6 mayda diplomatiya munosabatlarini oʻrnatgan.