Teatr: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boshqa maʼnolari qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
Qator 16:
18-a. oxiri 19-a. boshlarida T.ning asosiy turlari saklanib, repertuar va ijro uslubida oʻziga xos xususiyatlar rivojlandi. Shaharlarda ijrochi sanʼatkorlarning kasabai sozanda (mextarlik) degan uyushmalarining faoliyati kuchaydi. Xorazmda "Xatarli oʻyin", "Toʻkma" tomoshalari keng yoyildi. Fargʻona vodiysi va Toshkentda qiziqchilik va askiya taraqqiy etdi. 19-a.ning 2yarmida Qoʻqonda Zokir Eshon boshliq 30 ga yaqin qiziqchilar toʻdasi, Buxoroda Tula masxara boshliq 20 ga yaqin masxarabozlar toʻdasi shuxrat qozondi.
 
Keyinchalik oʻzbek madaniyatining ilgʻor namoyandalari (Furqat, Behbudiy, Avloniy va b.) rus, tatar va ozarbaijon teatr truppalari tomoshalariga qiziqish bilan qarab, mahalliy ziyolilarni ulardan oʻrganishga chaqirdilar. Shu tarzda yangi milliy T. yaratish harakati yuzaga keddi. 1914 y. Samarqand (15 yanv.yanvar) va Toshkent (27 fev.) da "Padarkush" dramasini sahnalashtirish bilan yangi oʻzbek teatri oʻz faoliyatini boshlaydi. Ayniqsa, A. Avloniy rahbarligida "Turon" T.ining 1915 y. Oʻzbekiston shaharlariga kilgan ijodiy safarining ahamiyati katta boʻldi. 1916 y. Hamza Qoʻqonda T. tuzdi. Birinketin Andijon (1919), Xiva (1922), Buxoro (1922)da T.lar tashkil qilindi. 1918 y.dan Mannon Uygʻur "Turon" teatri (hoz. Oʻzbek milliy akademik drama teatri)ga rahbarlik qilib, uning professional teatrga aylanishida, repertuarini tuzish, ijro uslubini yaratishda muhim rol oʻynadi. T.ning birinchi boʻgʻin aktyor va rej.lari 1924— 27 y.lar Moskvada Oʻzbek Maorif uyi qoshida ochilgan dramstudiyada tahsil olishgan. 20y.lar soʻngida Rus yosh tomoshabinlar T.i. (1928), Oʻzbek yosh to, moshabinlar T.i. (1929) tashkil topdi. Keyinroq Namangan (1931), Qashqadaryo (1932), Surxondaryo (1935) viloyati teatrlari, oʻnlab tuman va shahar T.lari yuzaga keldi. Toshkent va Samarqandda Davlat rus drama teatri (1934, 1938). Respublika koʻgʻirchoq teatri (1939). Navoiy nomidagi davlat opera va balet teatri (1939) oʻz faoliyatini boshladi, shu yili Davlat komediya teatri tashkil boʻldi va u bir yil oʻtib Mukimiy nomidagi Respublika musiqali drama va komediya teatriga aylantiriddi.
 
Ikkinchi jahon urushi yillarida Moskva, Leningrad, Kiyev, Xarkov sh.laridan koʻchib kelgan teatrlar mamlakatimiz shaharlarida oʻz faoliyatini olib bordi. 50—60y.larda Hamza nomidagi akademik drama teatri va b. teatrlarda turli mavzu, sermazmun, ijtimoiypsixologik, maishiy va falsafiy, rangbarang uslubda spektakllar sahnalashtirildi. 1968 y. "Yosh gvardiya" teatri (hoz. Abror Hidoyatov nomidagi Oʻzbek davlat drama teatri) tashkil qilindi.