Tibet muxtor rayoni: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
Qator 13:
TibetSichuan katga yoʻli. boʻlgan. 14a. oxiri — 15-a. boshida rohib Szonkaba (1357—1419) yangi budda sektasi — Gelugbani tuzdi. Ushbu sekta rohiblari sariq kiyim kiyganligi sababli, uni "Sariq din" deb xam atashadi. 16-a.dan uning boshligʻi dalaylama unvoni bilan Tibetni boshqargan. 1720 y. manjurlar Lxasani bosib oldi. 1792 y.da esa Sin imperiyasi uni oʻz tarkibiga qoʻshib oldi.
 
Sinxay inqilobi (191113) davrida Sin sulolasi tugatilib, manjurlar Tibetdan quvib chiqarildi. 13dalaylama Pekin bilan butkul alokani uzganligini eʼlon qildi. 1930-y.lar oʻrtalarigacha TibetXitoy chegarasidagi keskinlik davom etdi. Oʻsha vaktdan gomindanchilar bilan Tibet oʻrtasidagi munosabat bir kadar meʼyorlashdi. Biroq Tibet inglizlar taʼsirida edi. Xalq inqilobi gʻalabasi arafasida Tibet maʼmurlari gomindanchilar hukumati bilan barcha aloqani uzdi, 1949 y. 4 noyab.da hukumat, monastir vakillaridan tuzilgan Buyuk majlisda Tibetni rasmiy ravishda mustaqil deb eʼlon qildi. XXR hukumati 1950 i. 20 yanv.dayanvarda Tibet masalasi boʻyicha bayonot eʼlon qildi, unga kura Lxasa muzokaralar uchun oʻz vakillarini Pekinga joʻnatishi koʻzda tutilgan. 1950 y. okt.da Xitoy qoʻshinlari Tibetning markaziy rnlariga qarab yurish boshladi. Tibet hukumati Xitoy taklifini qabul etib, 1951 y. 23 mayda Xitoy xalq hukumati bilan "Tibetni tinch yoʻl bilan ozod etish masalalari toʻgʻrisida shartnoma" imzolandi. Shartnomaga koʻra, Tibetga Xitoy tarkibidagi milliy muxtoriyat huquqi berilishi koʻzda tutildi. 1950y.larning 2yarmida vaziyat keskinlashdi. Lxasada 1959 y. martda isyon koʻtarildi. 14dalaylama Hindistonga oʻtib ketdi. 1965 y. T.m.r. tuzildi.
 
Adabiyoti. Tibetliklarning qad. ogʻzaki ijodi mif, epos ("Geseriada"), afsona, qoʻshiq, ertak, aforizmlar koʻrinishida ifodalangan. Buddizmning tarkalishi bilan budda miflari yuzaga keldi. Yozma adabiyotning ilk rivojlanishi Tibet zamindorlari davlatining qaror topishi, yuksalishi va inqiroziga toʻgʻri keldi. Tibet adabiyoti qad. turkiylar, ayniqsa, uygʻurlar adabiyotiga yaqin boʻlgan, unga oʻz taʼsirini oʻtkazgan. Oʻsha davrda "Ramayana"ning tibetcha naqli yaratildi. 11 — 14-a.larda adabiyotning anʼanaviy tarkibi: tarjima asarlari, tibetlik mualliflarning original qoʻlyozmalari, tarixiy asarlari va h.k.ni yaratish avj oldi. Keyinroq (15—19-a.lar) adabiyot GelugBa budda sektasining siyosiy qarashlari va diniy eʼtiqodlarini sistemalashtirish va targʻibot qilishga xizmat qildi. Inson tuygʻulari asarlarda deyarli yoritilmagan. Ularning asosiy vazifasi — dindorlar intizomi namunasi meʼyorlarini yaratishdan iborat edi. 18-a. boshlarida 6dalaylama Sanjanjamso davrida dunyoviy lirik sheʼriyat yuzaga keldi. Biroq bu anʼana uzoq davom etmadi. Keyingi yillar adabiyotida grammatik, astrologik, astronomik va tibbiyot sohalariga oid asarlar yaratildi.