Saodat: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k apr. → aprel
Qator 1:
"SAODAT" — Oʻzbekiston xotinqizlarining ommabop, ijtimoiy-siyosiy, badiiy-bezakli jur. Toshkent sh.da 1 y.da 8 marta nashr qilinadi. Dastlab "Yangi yoʻl" (1925—34), "Yorqin turmush" (1936— 50), "Oʻzbekiston xotin-qizlari" (1950— 65) nomlari bilan chop etilgan. Muayyan sabablar va urush tufayli jur. 1934 y. apr.danapreldan 1936 y. iyulgacha, 1941 y. iyuldan 1950 y. okt.gacha nashr etilmagan. 1966 y.dan xoz. nomda. Jur.ga turli yillarda Oʻzbekistonning tanikli adibalari — jamoat arboblari muharrirlik qilgan: Tojixon Shodiyeva (1927— 29), Sobira Xoldorova (193031), Xosiyat Tillaxonova (1931—34), Saodat Shamsiyeva (1936—37), Fotima Niyozova (1937—38), Iqbol Akbarxujayeva (1939—41), Oydin (M. Sobirova, 195153), Zulfiya (195385) va H. Xudopberdiyeva (1985—94).
 
Utgan barcha davrlarda jur. oʻzbek ayolining oilada nazokatli, sevimli, farzandlariga mexribon boʻlishi, turmush mashaqqatlarini yengib oʻtib, jamiyatda ham oʻz urnini topishiga kumakdosh bulib kelgan; juda kup yosh shoira, adibalarning ijodkor sifatida shakllanishi uchun maktab vazifasini oʻtagan. X. Ahrorova, S. Mahmudova, R. Shomansurova, H. Xudoyberdiyeva, O. Hojiyeva, Sh. Salimova, R. Rahmonova, M. Ulugʻova, Q. Rahimboyeva, D. Saidova, X. Bobomurodova va b. ijodkorlar "S." maktabining turli davrlardagi talabalari boʻlib, bugun Oʻzbekistonda tanikli ijodkorlar sifatida faoliyat kursatib, "S." tajribalarini targʻib qilmoqdalar.