Sholi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k apr. → aprel
Qator 11:
Jahondagi koʻpgina (asosan, Osiyo) mamlakatlarda ekiladigan asosiy don ekini va aholining asosiy oziqovqati (2004 yil BMT tomonidan "Sholi yili" deb eʼlon qilindi). Oʻzbekistonda tantana, toʻybayramlarda guruchdan tayyorlanadigan palov zaruriy taom hisoblanadi. Doni (guruchi) oq, qizil, qora rangda, toʻyimli, tarkibida 76,1% kraxmal, 17—24% amilaza, 2,6% oqsil, 3,9% qand, 1,8% dekstrin, 1 — 1,5% yogʻ, 1,4% kul va 0,2% kletchatka, V,, V2, RR vitaminlari bor. Donidan guruch, kraxmal, moy (murtagidan), spirt, pivo, turli ovqatlar tayyorlanadi; koʻpchilik xalqlarda non oʻrnini bosadi. Poxolidan sifatli qogʻoz, karton, arqon, toʻqilgan buyumlar, savat, shlyapa va boshqalar tayyorlanadi. Terti (kepagi) mollarga beriladi.
 
SH. sugʻorish va almashlab ekish tizimida oʻstiriladi. Oʻzbekistonda Sh. shoʻrlanmagan yoki turli darajada shoʻrlangan yerlarga bahorda, apr.ningaprelning 2-yarmida ekiladi (baʼzi mamlakatlarda niholi koʻchat qilib yetishtiriladi). Oʻzbekiston sharoitida Sh. ekiladigan maydonlarga gektariga 120-180 kg 14, 120—150 kg R205, 100—150 kg K20 solinadi, suv bir meʼyorda ushlab turiladi, keyinchalik 10 sm gacha koʻtariladi, Sh. sargʻayib pishishiga yaqin suv berish toʻxtatiladi. Pishgan Sh. yoppasiga kombaynlar bilan oʻribyigʻib olinadi.
 
Navlari: Sh.ning 10 mingdan ortiq navi bor. Oʻzbekistonda ilmiy asosda Sh. navlari yaratish 1930-y.lardan boshlandi. 90-y.lardan Oʻzbekiston sholikorlik intida chiqarilgan ertapishar, serhosil (potensial hosildorligi 60—95 s/ga), sifatli guruch olinadigan Avangard, UzROS 713, Nukus 2, Lazurnmy, Alanga, Istiqbol, Istiqlol, Tolmas, Arpa sholi ("devzira"), Sanam va boshqalar 14 dan ortiq navlari ekiladi.