Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k apr. → aprel
DastyorBot (munozara | hissa)
k noyab. → noyabr
Qator 9:
[[File:British Mandate Palestinian passport.jpg|thumb|]]
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Isroil''', Isroil Davlati (Medinat Visra’el) — Yaqin Sharqda, Osiyoning gʻarbiy qismida, Oʻrta dengiz boʻyida joylashgan davlat. Mayd. 14,1 ming km2 (BMT Bosh Assambleyasining 1947 y. 29 noyab.noyabr qarori b-n belgilangan hudud). Aholisi 5,938 mln. kishi (2001). Asosiy iqtisodiy va madaniy markazi — TelAviv sh. BMTning 1947 y.dagi qaroriga zid ravishda I. hukumati 1950 y. da Quddus sh.ning gʻarbiy qismini davlat poytaxti deb eʼlon qildi. 1980 y. 30 iyulda Quddus I.ning "abadiy va boʻlinmas" poytaxti deb eʼlon qilindi. I. maʼmuriy jihatdan 6 okrugga boʻlinadi.
 
 
Qator 27:
 
== Tarixi ==
I. davlati BMT Bosh Assam-bleyasining 1947 y. 29 noyab.noyabr qarori asosida tashkil topgan (1948 y. 14 may). Qarorga koʻra, Buyuk Britaniya mandatidagi Falastin mustaqil deb eʼlon qilindi; uning hududi arab va yahudiy mustaqil davlatlariga boʻlindi, har ikki davlat demokratik konstitutsiyaga ega boʻlishi lozim edi. Yahudiy davlatining hududi 14,1 ming km2, aholisi 498 ming yahudiy va 497 ming arab (shundan 90 mingi badaviy) deb belgilandi. Quddus BMT boshqaruvidagi mustaqil maʼmuriy birlik deb ajratildi. Arab-Isroil urushi (1948—49) davrida I. Falastin arab davlati uchun1 Falastin qudu-di (Iordan daryo-sining Gʻarbiy so hili va Gʻazza ajratilgan hududning 4/5 qismini, Quddusning gʻarbiy qismini bosib oldi va Quddusni I. poytaxti deb eʼlon qildi. I. bosib olgan hududdan taxm. 1 mln. arab quvgʻin qilindi.
 
1956 y. I. Buyuk Britaniya va Fransiyaning Misrga, 1958 y. AQSH b-n Buyuk Britaniyaning Livan va Iorda-niyaga qarshi agressiyalarida qatnashdi. I. Iordan daryosi suvining bir kismini oʻz tomoniga burib yubordi (1964 y. iyun). 1967 y. 2 iyunda tuzilgan hukumat "Buyuk I." davlatini barpo etish rejasini amalga oshirishga kirishdi. 1967 y. 5 iyunda I. arab davlatlariga qarshi yana agressiya boshladi. BMT Xav-fsizlik Kengashi oʻzining 1967 y. 5—9 iyundagi majlisida I.dan harbiy harakatlarni darhol toʻxtatishni talab qildi, ammo I. agressiyani davom ettira-verdi. Taraqqiyparvar kuchlarning ta-labi va Xavfsizlik Kengashining qaroriga muvofiq (1967 y. 10 iyulda) I. oʻq otishni toʻxtashishga majbur boʻldi, ammo bosib olgan arab xududlaridan oʻz armiyasini olib ketishdan bosh tortdi. 1967 y. 22 noyab.danoyabrda Xavfsizlik Kengashi Yaqin Sharqdagi tan-glikni siyosiy yoʻl b-n bartaraf etish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Ammo I. bu qarorni mensimadi. Bosib olingan hududlarda harbiylashtirilgan yahudiy qishlokdari qurildi. 1973 y. kuzidagi arab-isroil urushida I. armiyasi va texnikasi katta talafot koʻrish evaziga koʻpgina yerlarni bosib oldi. 1974 va 1975 y.larda I. Misr b-n, 1974 y.da Suriya b-n tuzgan bitimlarga binoan qoʻshinlar bir-biridan yiroqlashtirildi, ular oʻrtasida bufer mintaqa hosil qilindi, bu yerga BMT qoʻshinlari joylashtirildi. 1979 y.gi I. -Misr sulh shartnomasiga muvofiq, I. oʻz qoʻshinlarini Sinay ya. o.dan olib ketdi va 1982 y.da yarim orolni Misrga kaytarib berdi. 1993 y.da I. b-n Falastin Ozodlik tashkiloti bir-birlarini tan olish hamda Gʻazza mintaqasi va Iyerixon sh. atrofida Muvaqqat Falastin muxtoriyati toʻgʻrisida bitim tuzdilar. 1998 y. oktyabrdagi I. — Falastin shartnomasida I. arablardan bosib olgan yerlarining bir qismini kaytarib berishi koʻzda tutilgan. Ammo I. - Falastin mojarosini bartaraf etish mushkul masalaligicha qolayotir.
 
I. — 1949 y.dan BMT aʼzosi. OʻzR su-verenitetini 1991 y. 25 dek.da tan oldi va 1992 y.da diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi. Milliy bayrami — Mustaqillik kuni (1948) — Yahudiylar taqvimiga koʻra, bu bayram har yili har xil kunda kelishi mumkin (2001 y.da 26 aprelga toʻgʻri keldi).