Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k un-t → universitet
DastyorBot (munozara | hissa)
k noyab. → noyabr
Qator 13:
K. hududi, asosan, tekislik. Kir va togʻlar K. ning 1/3 qismini egallagan. Kuba o. ning markaziy qismida Guamuaya togʻi bor (bal. 1156 m). Eng baland togʻlar mamlakatning jan.-sharqida. Jan. sohili boʻylab Syerra-Maestra togʻlari choʻzilgan (bal. 1974 m li Turkino choʻqqisi K. ning eng yuqori nuqtasi). Mis, marganets, asbest, tosh tuz, fosforit, neft, gaz, xromit konlari va b., Xuventud (Pinos) o.da nikel, kobalt, temir, marganets, volfram rudalari, qurilish materiallari, jumladan, marmar va kaolin konlari bor.
 
Iqlimi — tropik, yil davomida havo harorati va nisbiy namlik yuqori darajada boʻladi, yomgʻirli mavsum — may — okt. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi 22,5°, avg . niki 27,8°. Minimal t-ra 5° dan yuqori, maksimal t-ra 40°ga yetadi. Yillik yogʻin tekisliklarda 1000— 1200 mm, togʻlarda 2200 mm gacha. Qurgʻoqchilik mavsumi noyab.noyabr
 
dan apr.gacha, asosan, K.ning jan.dagi tekisliklarida roʻy beradi, dahshatli dovul va tropik siklonlar boʻlib turadi. Daryolarining koʻpi qisqa, serostova va kam suv. Eng katta daryosi — Kauto (oʻz. 370 km) Syerra-Maestra togʻlaridan boshlanadi. Daryolari, asosan, yomgʻir suvidan toʻyinadi.
Qator 29:
19-a.ning 30-y.larida K.da dastlabki tamaki va sigara f-kalari paydo boʻldi. 60-y, lardan kapitalistik munosabatlar rivojlana boshladi.
 
1868 y. 10 okt.da Oryente viloyatida K. M. de Sespedes rahbarligida K. vatanparvarlarining qoʻzgʻoloni boshlandi. Ular eʼlon qilgan manifest K. xalqining ispan mustamlakachilariga qarshi 10 y. lik milliy ozodlik kurashini boshlab berdi. Qoʻzgʻolonning maqsadiga toʻla-toʻkis erishilmagan boʻlsada, ammo 1886 y. quldorlik bekor qilindi. Ispan hukmronligiga qatʼiy zarba berishga tayyorgarlik ishlari olib borildi. Bu ishga X. Marti rahbarlik qildi. 1892 y. X. Marti AQSH da K. inqilobiy partiyasi (KIP)ni tuzdi. 1895 y. 24 fev.da Oryente viloyatida K. mustaqilligi uchun qurolli qoʻzgʻolon koʻtarildi. 1895 y. sent.da K. Respublikasining inqilobiy hukumati tuzildi. Yangi konstitutsiya ishlab chiqildi. 1897 y. noyab.danoyabrda Ispaniya K.ga muxtoriyat berdi, ammo kurash davom ettirilib, yilning oxirida K.ning koʻp qismi ispanlardan ozod qilindi. 1898 y.apr.da AKSH Ispaniyaga qarshi urushga qoʻshilib, Ispaniyani tor-mor keltirdi va oʻsha yili Parij tinchlik bitimi tuzildi. Bitimga koʻra, K. rasman mustaqil deb eʼlon qilingan boʻlsa ham, haqiqatda 1898 y.dan 1902 y.gacha AQSH tasarrufida boʻldi.
 
1903 y.gi adolatsiz shartnomaga binoan, AKSH Guantanamo harbiy-dengiz bazasini nomaʼlum muddatgacha ijaraga oldi.