Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k apr. → aprel
DastyorBot (munozara | hissa)
k noyab. → noyabr
Qator 1:
'''Oʻzbekiston respublikasining prezidenti''' — Oʻzbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshligʻi. Oʻzbekistonda prezidentlik lavozim sifatida 1990 yil 24 martda taʼsis etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga 35 yoshdan kichik boʻlmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil Oʻzbekiston hududida muqim yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi mamlakatning 18 yoshga toʻlgan fuqarolari umumiy, teng va toʻgʻridantoʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berishi yoʻli bilan oʻtkaziladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 7 yil muddatga saylanadi. Prezidentni saylash tartibi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisida"gi qonun (1991 yil 18 noyab.noyabr) va uning yangi tahririda (2004 yil 3 dek.) qabul qilingan tegishli moddalarida belgilangan.
 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod koʻrsatish huquqiga siyosiy partiyalar va bevosita fuqarolar egadirlar. Saylash huquqiga ega boʻlgan fuqaro yoki fuqarolar guruhi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod koʻrsatish uchun kamida 300 nafar saylovchidan iborat saylovchilar tashabbuskor guruhini tuzishi kerak. Prezidentlikka nomzodlar koʻrsatish saylovga 65 kun qolganda boshlanadi va 45 kun qolganda tugaydi. Nomzodlar koʻrsatish siyosiy partiyalarning yuqori organlari, shuningdek, saylovchilar tashabbuskor guruhi yigʻilishi tomonidan amalga oshiriladi. Prezident saylovida 2 ta nomzod ishtirok etgan takdirda, ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning nisbiy koʻpchilik ovozini olgan nomzod saylangan deb hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida 2 tadan ortiq nomzod ishtirok etgan taqdirda, agar nomzodlarning hech biri ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar yarmidan koʻpining ovozini ololmagan boʻlsa, saylovchilarning ovozini eng koʻp olgan 2 nomzod ishtirokida takroriy ovoz berish oʻtkaziladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yakunlari toʻgʻrisidagi axborot saylovdan keyin 10 kundan kechiktirmay Markaziy saylov komissiyasi tomonidan eʼlon qilinadi. Saylangan Prezident Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Saylov komissiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalari rasmiy tarzda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kechi bilan 2 oy ichida Oliy Majlis yigʻilishida qasamyod qilgan paytdan boshlab oʻz lavozimiga kirishadi. Prezident quyidagicha qasamyod qiladi: "Oʻzbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qatʼiy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman".