Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 34:
Adabiyoti ispan tilida rivojlanmoqda. Mustamlakachilik davri (16-asr boshi — 19-asr boshi)da tarixiy va diniy asar hamda sheʼrlar yaratildi. Mustaqillik uchun urush yillari "Xunin davridagi gʻalaba. Bolivarga qoʻshiq" odasi muallifi X.X.Olmedo samarali ijod qiddi. 19-asrning 30-y.laridan asr oxirigacha nasrda romantizm hukmronlik qildi (X.L.Merining "Kumanda" romani, 1825). 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida sheʼriyat modernizm ruhida rivojlandi, nasrda naturalizm taʼsiri sezildi. X.Ikas va 20-asrning boshqa yozuvchilari irqiy kamsitish sharoitida indeys va metislarning ijtimoiy fojiasini aks etgirdilar. X. dela Kuadra, X. Galyegos Lara, E.Xil Xilbert, A.Parexa Diyeskanseko, D.Agilera Malta, P.X.Vera va boshqalar yozuvchilar, X.Karrera Andrade, X.E.Adoum va boshqalar shoirlar oʻz asarlarida xalqning haqqoniy turmushini, uning ijtimoiy ziddiyatlarini keng yoritdilar.
 
Meʼmorligi va tasvnriy sanʼati. E. indeyslarining qadimiy sanʼati Peruning taraqqiy etgan madaniyati bilan bogʻliq (kulollik, haykalchalar, metall buyumlar, sharqiy r-nlarda tosh istehkomlar). 16-asrdan E.da shaharlar barpo etilaboshladi. 17— 18-asrlarda binolarbarokko uslubida qurildi (meʼmor A.Rodriges), ular mahalliy anʼanaviy chiroyli oʻyma naqshlar bilan bezatildi. Diniy mazmundagi rang-tasvir (N.X. de Gorivar) va haykaltaroshlik (indeys M.Inli, 18-asr) oʻziga xos. 20-asrning oʻrtalaridan hoz.hozirgi zamon meʼmorligi rivojlana boshladi. O.Guayasamin, E. Kingman, D.Paredes kabi rassomlar mehnatkash xalq, asosan, indeyslar turmushini aks etgirdilar. E.da kulollik, toʻquvchilik, niqoblar yasash, kumushdan buyumlar ishlash, tosh va yogʻoch oʻymakorligi rivojlangan.