Marokash: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k noyab. → noyabr
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 69:
M.da adabiy asarlar arab, barbar, fransuz tillarida yaratilib keldi. Mumtoz arab tilidagi adabiyot umumiy arab adabiyoti yoʻlidan, ayniqsa, Ispaniya (Andalusiya) arab adabiyoti taʼsirida rivojlandi. Mahalliy arab laxjasidagi va barbar tilidagi xalq ogʻzaki ijodiyoti, ayniqsa, diqqatga sazovor. 12—14-a.lar sheʼriyatida siyosiy hajviya asosiy oʻrinni egalladi (Ibn Xobbus, Ibn Habbaza, Ibn al-Muraxxal, Ibn Ru-shayd kabi shoirlar). Nasrda koʻproq tarixiy mavzuda va uzok, mamlakatlarga sayohat qilgan sayyohlar toʻgʻrisida (rixla janrida) asarlar yaratildi (asosiy vakili — Ibn Batuta). 13-a. boshlarida badiiy yilnomalar yaratish anʼanaboʻlib, 19-a.gacha davom etdi. 15— 16-a.larda M. adabiyotida koʻproq mash-xur kishilar hayotiga bagʻishlangan asarlar, rivoyatlar vujudga keldi. 16—18-a.lar sheʼriyatida bir tomondan, tasav-vuf lirikasi, ikkinchi tomondan gedonizm (Ibn Zakur ijodida) tarq-aldi. Mumtoz arab sheʼriyati anʼanalari M. adabiyotida 20-a.ning oʻrtalarigacha davom etdi. 16-a.dan boshlab Fosda Andalusiya xalq poeziyasi anʼanalari, Marokash sh. va uning atrofida mahalliy xalq janri (grix) rivojlana boshladi. Xalq sheʼriyati musiqa va kuy bilan mustahkam bogʻlangan.
 
M.ning arab va fransuz tillaridagi hoz.hozirgi zamon adabiyoti 2-jahon urushidan keyin milliy ozodlik harakatining yuksalishi taʼsirida rivojlana boshladi. A. Benjellun ("Bolalikda" va b.) va M. Safriui ("Moʻʼjizalar doʻkoni" va b.) kabi yozuvchilarning asarlarida xalq hayoti mavzui yoritildi. 50-y.larda fransuz tilida yozilgan romanlar salmokli oʻrinni egalladi (M. A. Lahbobiyning "Umid qoʻshiqlari" va "Zulmatdan ziyoga" asarlari). 60-y.lar adabiyotida dramaturgiya paydo boʻldi. Arab tilida ham nasriy asarlar yozila boshladi (A. K. Gʻallabning "Yetti eshik", Lahbobiyning "Tashna avlod" va b.). Bu davrda M. adabiyotiga M. Buallu, M. Znibera, A. J. Sximiy, A. Baqqoliy kabi isteʼdodli yoshlar kirib keldi. 1960 y.da yozuvchilar uyushmasi tuzildi. Zamonaviy adiblardan T. Benjellun, M. Xayriddin, M. Sabbogʻ, A. as-Salom, A. Larua, M. Barrada va b. mashhur.