Som-hom tillari: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa) Yangi maqola yaratildi |
DastyorBot (munozara | hissa) k hoz. → hozirgi |
||
Qator 1:
'''Som-hom tillari''', afrika osiyo tillari — Afrikaning Atlantika okeani qirgʻogʻi va Kanar o.laridan Qizil dengiz qirgʻogʻigacha boʻlgan shim. qismida, Gʻarbiy Osiyo hamda Malta o.da tarqalgan tillar makrooilasi. S.h.t. da (asosan, arab tilining turli lahjalarida) soʻzlashuvchilarning guruhlari shu tillar tarqalgan mintaqadan tashqaridagi koʻpgina mamlakatlarda ham uchraydi. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 320 mln. kishidan ortiq. S.h.t. 5 tarmoqqa boʻlinadi: som tillari, qad. misr tili, barbarliviya tillari, chad tillari, kushit tillari. Baʼzi tasniflarda 6tarmoq sifatida omot tillari koʻrsatilsada, bu fikr hali toʻliq tasdiqlanmagan.
S.h.t.ning som tarmogʻi tarqalish va soʻzlashuvchilar soni boʻyicha alohida oʻrin tutadi. Insoniyat
dan ortiq kishi soʻzlashadi. Yana jonli tillardan rasmiy til darajasidagi malta, amhara, ivrit tillarini, shuningdek, kam sonli aholi soʻzlashadigan mehriy, jibboliy, soʻqoʻtra, tigray, tigre, argobba kabi tillarni koʻrsatish mumkin. Misr tarmogʻi Qad. Misrda mil. av. 4ming yillik oxiridan mil. 5-a.gacha boʻlgan davrga mansub iyeroglifik yodgorliklar va demotik (xalqona) yozuvdagi hujjatlardan maʼlum qad. misr tilini hamda qibtiy (kopt) tilini (qad misr tilining 3—17-a.lardagi davomchisi) qamrab oladi. Qibtiy til yunon alifbosi asosidagi yozuvga ega, u 17-a. dan umumisteʼmoldan chiqqan, lekin
Mazkur tasnif bir kadar nisbiydir, chunki mazkur tillar paydo boʻlish davri, oʻzaro yaqin aloqalarning yoʻqolishi, turli sabablar bilan boshqa tillar qurshovi va taʼsirida qolishi tufayli birbirlaridan ancha uzokdashib ketganlar. Olib borilgan qiyosiy-tarixiy tadqiqotlar faqat 1000 ga yaqin soʻz oʻzaklarining S.h.t. uchun umumiy boʻla olishini koʻrsatgan. Hoz. kunda "Somhom tillari" yoki "Homsom tillari" (rivoyatlarga koʻra, Nugʻ alayhissalomning oʻgʻillari Hom va Som nomidan) termini umumiy tilshunoslikda eskirgan hisoblanib, uning oʻrnida "Afroosiyo tillari" ("AfrikaOsiyo tillari") termini qoʻllanmoqda. S.h.t. ning boshqa xususiyatlari haqida tegishli maqolalarda maʼlumot berilgan (q. [[Arab tili]], [[Amhara tili]], [[Barbar tili]], [[Ivrit]], [[Kushit tillari]], [[Misr tili]], [[Oromo tili]], [[Somali tili]], [[Xausa]]).
|