Soʻz erkinligi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 1:
'''Soʻz erkinligi''' — insonning asosiy shaxsiy va fuqarolarning siyosiy huquklaridan biri; hoz.hozirgi davrda aksariyat mamlakatlarda "axborot erkinligi" deb ataladigan umumiy huquqning tarkibiy qismi. Oʻz fikrini ommaviy tarzda (ogʻzaki va ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda yozma) bayon etish imkoniyatini bildiradi. S.e.ga demokratiya koʻrinishlaridan biri sifatida qaraladi. Oʻzbekistonda S.e. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida nazarda tutilgan. Konstitutsiyaga koʻra, "har kim fikrlash, suz va eʼtiqod erkinligi huquqiga ega" (29modda). Uzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi buyicha har kim uzi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ham ega. Biroq amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir. Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taallukli boʻlgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkinligi Konstitutsiyada oʻz ifodasini topgan. Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat sirlarini saqlash toʻgʻrisida"gi qonunida davlat sirlari toifalari anikdangan va ular haqidagi maʼlumotlarni olish va tarqatish chegaralangan.
 
Demokratik mamlakatlarda ommaviy axborot vositalarining faoliyati S.e.ga asoslangan. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ham alohida moddada ana shu qoida alohida taʼkidlab oʻtilgan. Unga koʻra, "ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiqishlaydi... Senzuraga yoʻl qoʻyilmaydi" (67modda). Fuqarolar ommaviy axborot vositalarida, jumladan, televideniye va radio, matbuotda oʻz fikrlarini erkin bayon qilishi, soʻzlashi mumkin.