Stratigrafiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 1:
'''Stratigrafiya''' (lot. stratum toʻshama, qatlam va grafin) — geologiyaning Yer poʻsti kesimidagi togʻ jinslari majmuining shakllanish izchilligini va joylashgan oʻrnidagi dastlabki nisbatini oʻrganuvchi boʻlimi. S choʻkindi togʻ jinslari qatlamlarini kuzatib, oʻtmish geologik davrlarda ularning fatsial oʻzgarishlarini hamda yon atrof (quyi va ustki) qatlamlarda takrorlanmaydigan oʻziga xos belgilarga ega boʻlgan va maʼlum bir birlikka mujassamlashgan togʻ jinslarining stratigrafik yigʻindisini tadqiq qiladi. Yer organik dunyosining takrorlanmas taraqqiyotini aks ettiruvchi choʻkindi qoplamlardagi qazilma organizmlarning tarkibini aniqlash oʻrganilayotgan yotqiziklar yoshini hamda oʻxshashligini belgilashda ahamiyatga ega (q. [[Biostratigrafiya]]). Shu jihatdan S. paleontologiya va geoxronologiya bilan uzviy bogʻliq. S.ning asosiy vazifasi stratigrafik kesmalarni ajratish, ularning tarqalishini kuzatish, turli kesmalarni va uzilib birbiridan uzoklashgan kesma bulaklarini oʻzaro qiyoslashdir. S. yordamida Yer poʻstining geologik rivojlanish tarixini tiklash mumkin; choʻkindi formatsiyalar shakllanishining vakti va sharoitlari aniklanadi, regional rivojlanishning tektonik hamda geodinamik jarayonlari tiklanadi; geologik haritalar tuzish uchun zarur bulgan barcha kategoriyadagi qiyosiy va stratigrafik sxemalar ishlab chiqiladi. S.ning nazariy asoslari, prinsip va uslublariga 20-a.da juda koʻp ishlar bagishlangan. Biroq bu fanning asoslari va baʼzi bir kridalariga 17— 19-a.lardayoq Daniya, Angliya, Fransiya va Germaniya olimlari tomonidan asos solingan. Daniyalik olim N. Steno (1638— 86) togʻ jinslari qatlamlanishining ketma-ketligi qonunini anikladi. 19-a. 1-yarmida ingliz olimlari R. Murchison va A. Sedjvik, fransuz J. Kyuvye va b.ning tadqiqotlari S. ni yanada rivojlantirdi. 18-a. oxirlarida Gʻarbiy Yevropada Yer poʻstini tashkil qilgan yotqiziqlarni birlamchi (hoz. paleozoy yotqiziqlari), ikkilamchi (mezozoy) va uchlamchi (kaynozoy) davri jinslariga boʻlish qabul qilingan. Dastlabki ikki termin tezda oʻz ahamiyatini yoʻqotdi. 1759 y. italiyalik geolog Arduino taklif qilgan uchinchi termin hoz.hozirgi ham qoʻllaniladi [q. Uchlamchi sistema (davr)]. 1829 y. eng yangi boʻsh yotqiziqlarni fransuz geologi J. Denuaye toʻrtlamchi davr yotqiziqlari nomi bilan ajratdi [q. Toʻrtlamchi sistema (davr)]. 19-a.ning 1-yarmida turli mamlakatlarda olib borilgan tadqiqotlar natijasida geologik sistema (davr)lar ajratildi va Yer tarixida ularning izchilligi (ketma-ketligi) belgilanib, umumiy boʻlinmalari qabul kili idi va avval ajratilgan sistemalar, boʻlimlar qayd kilindi. 1900 y. fransuz geologi E. Renevye fakat sistema boʻlimlarinigina emas, balki yarus boʻlimlarini ham oʻz ichiga olgan yigʻma, "xronofaf"ni taklif etdi. Umumiy stratigrafik shkala 20-a. oʻrtalarida Yer taraqqiyotining eng kad. boskichlari intensiv ravishda oʻrganila boshladi va yagona sistemasini belgilash imkoniyati tugʻildi. S.da qatlamlanishning izchilligi haqidagi qonun asosiy oʻrin tutadi; bu qonunga muvofiq, qatlamlar normal holatda yotganda har bir ostki qatlam ustki qatlamga nisbatan qadimiyroqsir. Bu qonundan istisno hollar faqat tektonik deformatsiya natijasida katlamlarning dastlabki yotishi buzilgandagina kuzatiladi va bunda qatlamlar toʻntarilgan holatda ham yotishi mumkin. Oʻtgan geologik davrlar xavzalarida qavatlangan togʻ jinslari qatlamlari muayyan izchillikda yotadi, bu qatlamlarni oʻrganib, stratigrafik ustun (kolonka) tuzish mumkin. Bu ustunlarni kiyoslashda turli metodlardan foydalaniladi, bulardan eng keng tarqalgani va ishonarlisi paleontologik metod boʻlib, u Yer organik dunyosining takrorlanmaydigan progressiv tarakqiyotiga asoslangan. Paleontologik metod paleoekologik maʼlumotlar hisobga olingan taqdirdagina qoʻllanishi mumkin. Qazilma organizmlarning barcha guruxlari stratigrafik korrelyasiya maqsadlarida foydalaniladi. Juda koʻp mikdorda uchraydigan mayda organizmlar qoldiklari, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega. Sporachang analizi ham xuddi shunday xususiyatlari bilan ajralib turadi, bu analiz fanerozoy barcha boʻlinmalarining choʻkindi qatlamlari yoshini aniklashda qoʻllaniladi. Tokembriyning ancha qad. yotkiziklarida hayvonlar qoldigʻi nihoyatda kam, koʻkyashil suvoʻtlarning hayot faoliyati izlari koʻplab uchraydi, ulardan 1960y.
 
larda yuqori tokembriyning karbonat qatlamlarini boʻlish va korrelyasiya kilishda muvaffaqiyatli foydalanildi. Ancha qad. yotqiziklarni oʻrganishda choʻkindi va magmatik togʻ jinslaridagi turli elementlar (K, V, R)ning radioaktiv parchalanishiga asoslangan izotop usuli yetakchi ahamiyatga ega. Choʻkindi jinslarning izotop yoshiga oid maʼlumotlar juda kam. Aniklashning rubidiy metodi turli gilli jinslar va nordon effuzivlarni aniqlashda qoʻllaniladi. Koʻrsatilgan metodlar yordamida chukindi qatlamlarga kirib qolgan turli intruziv togʻ jinslari yoshi haqidagi ancha toʻliq maʼlumotlarni olish mumkin. Bundan tashqari, choʻkindi va vulkanogen qatlamlarni korrelyasiya kilishda litologik va geokimyoviy tadqiqotlar, razvedkaning geofizik usullaridan foydalaniladi. Korrelyasiyaning barcha metodlarini koʻllash natijasida butun Yer shari uchun umumiy yigʻma stratigrafik boʻlinmalar sistemasi belgilandi. S. regional geologik tadqiqotlarda asos boʻlib xizmat qiladi hamda maydonning tektonik xususiyatlarini tushuntirish, foydali qazilmalarni qidirish va razvedka ishlari yoʻnalishini aniqlashga yordam beradi. Stratifafik kesmani batafsil oʻrganmay turib geologik haritalar tuzish mumkin emas. S.ning metodlari — biostratifafik, litologik, radiologik, ekostratifafik hamda voqelikni tiklashdan iborat.