Tunis: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 43:
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. T.da koʻpgina gaz. va jurnali lar nashr etiladi. Yiriklari: "AsSaboh" ("Tong", arab tilida chiqadigan kundalik gaz., 1951 y.dan), "ArRayi" ("Fikr", arab tilida chiqadigan haftalik ijtimoiysiyosiy gaz., 1977 y.dan), "Renuvo" ("Yangilanish", fransuz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1932 y.dan), "AtTariq alJadid" ("Yangi yoʻl", arab tilida chiqadigan haftalik gaz., 1981 y.dan), "AlVaxda" ("Birlik", arab tilida chiqadigan haftalik gaz., 1981 y.dan), "AlHurriya" ("Ozodlik", arab tilida chiqadigan kundalik gaz., 1934 y.dan), "Dialog" ("Muloqot", fransuz tilida chiqadigan ijtimoiysiyosiy haftanoma, 1974 y.dan), "AlFikr" ("Tafakkur", arab tilida chiqadigan oylik adabiy jurnali, 1955 y.dan), "AlMaraa" ("Ayol", arab va fransuz tillarida oyiga 2 marta chiqadigan jurnali, 1961 y.dan). Tunis Afrik Press (TAP) axborot agentligi, T.dagi yetakchi gaz.lar, radio va televideniyening akdiyadorlik jamiyati, 1961 y. asos solingan. Radioeshittirish 1936 y.dan, telekoʻrsatuv 1966 y.dan olib boriladi. Ularni T. radioeshittirish va televideniye davlat mahkamasi nazorat qiladi.
 
Adabiyoti T. hududida mil. av. 1ming y.likda puni, soʻng lotin tilida rivojlangan. Apuley, Avgustin kabi mashhur adiblar Shim. Afrikadan chiqqan boʻlsada, T.ning oʻz adabiyoti faqat musulmon arab hukmronligi davrida arab tilida vujudga keldi. 10—11-a.larda Ibn Xani alAndalusiy va Ali atTunisiy Ibrohim alXusriy, Ibroqim arRakik va Abdulaziz alTaʼrifiy kabi shoir va yozuvchilar, 14— 15-a. boshlarida atokli mutafakkir Ibn Xaddun ijod kiddilar. 15-a.dasufiylar adabiyoti vujudga keldi. 15—16-a.larda arab tilining Tunis shevasida nazm janri ustun boʻlgan xalq adabiyoti shakllandi. 19-a. adabiyotida milliy ozodlik kurashi ruhi sezila boshladi. Muhammad ashShodli Xaznadar ijodida bu ruh, ayniqsa, yaqqol namoyon boʻldi. 20-a. boshlarida T. adabiyotida dastlabki romanlar (Saloh Suvisiyning "AlXayra va Siroj alLayla" romani) paydo buldi. 20—30-y.larda hoz.hozirgi zamon T. adabiyotining asoschisi shoir Abulqosim ashShobbiy, hikoyanavis AliadDuʼajiy, shoir va publitsist Tohir Haddad asarlari mashhur boʻldi. Mahmud alMesadiy, Muhammad alLarusi alMutviy, Muhammad alMarzukiy kabi yozuvchi va dramaturglar adabiyot rivojiga barakali hissa qoʻshdilar. T. mustaqillikka erishgach, shoir, yozuvchi va dramaturg Mustafo alForsiy ijodi kamol topdi. 1960-y.larda T. adabiyotiga arab va fransuz tillarida ijod qiluvchi yozuvchi va dramaturglar kirib keldi. 20-a. oxirlarida Hasan Nasr ("Yomgʻirli tunlar" hikoyalar toʻplami), Izzeddin Medaniy ("Nol inson" romani, "Gʻaroyib hodisalar" hikoyalar toʻplami), Mahmud Tunsiy (hikoya va lirik sheʼrlar), Muhammad Saloh alJabriy ("Zamira hayotidan bir kun" qissasi), Abdurahmon Amar ("Sevgi va inqilob" qissasi, "Besh qaxramon" pyesasi) va b. yozuvchi hamda dramaturglar ijodi diqqatga sazovor.
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
T. hududidan kapsa madaniyati sanʼat yodgorliklari (qoyatoshlarga ishlangan jonivor va odam tasvirlari, ov manzaralari, sopol idishlar) topilgan. Finikiylar davridan ibodatxona, daxma va binolarning , rimliklar davridan shahar xarobalari (Dugga, TuburboMayus va b.) saklanib qolgan. Ularda teatr, amfiteatr, hammom, sirk, turar joy, oromgoxlar boʻlganligi seziladi. Oʻrta asrlarda musulmon meʼmorligi (masjid, minora va saroy binokorligi) shakllandi. Qayruvon, Sfaks, Sus, Monastir, Tunisda minorali masjidlar, shoh saroylari qurildi, istehkomlar, sharsharalar, suv omborlari barpo etildi (Qayruvondagi Sidi Oqba masjidi, 9-a., Tunisdagi Bab alJadid, Bab alMinora tosh darvozalari, 13-a.). 11 — 15-a.larda meʼmorlik ispanmagʻrib, 16—19-a.larda turk sanʼati oqimida rivojlandi. 20-a.da shaharsozlikka fransuz meʼmorlari boshchilik qildi, ular mahalliy binokorlik anʼanalarini Yevropa ratsionalizmi tamoyillari bilan uygʻunlashtirishga intildi. Mustaqillik yillarida yetishib chiqqan O.K. Kakub, X. Amara va b. tunislik meʼmorlar zamonavii konstruksiya va materiallar (temirbeton, shisha, metall, plastmassa va yogʻoch)dan foydalanib uyjoy va jamoat binolarining loyihalarini tuza boshladilar. Tunis sh.dagi yangi turar joy binolari, "Dyu Lak", "Afrika" mehmonxonalari, Monastir sh.dagi "Palma" mehmonxonasi, ayniqsa, muvaffaqiyatli chiqqan.