Turar joy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 21:
Chor Rossiyasi Oʻrta Osiyoni bosib olgach, anʼanaviy T.j.lar bilan bir qatorda Toshkent, Samarqand, Kogon, Andijon, Skobelev (Fargʻona), Qoʻqon va b. shaharlarda 1—2 qavatli uylar yevropacha uslubda qurila boshlandi. Bu binolarning meʼmoriy qiyofalari mahalliy sharoitga dastlab begona koʻringan. 20-a. boshlarida ishchilar uchun yangi arzon,oddiy T.j.lar Toshkentdagi Temir yoʻl koʻchasi (sobiq Tezikov bogi) dagi ishchilar shaharchasida qurila boshlandi. Boy va savdogarlar T.j.lari — Toshkentdagi Romanov saroyi, A.Polovsev uyi, Qoʻqondagi akauka Simxoyevlar uylari, Knaab uyi, Samarqandda Kalontarov uyi va b.ni rus harbiy muhandislari I.A.Markevich, G.M.Svarichevskiy, V.S.Geynselman va b. mahalliy xalq ustalari bilan hamkorlikda qurganlar. 1937 y.dan uyjoy boshqarmalariga qarashli 4—5 qavatli T.j. binolari, keyinchalik 9 qavatli (1966 y.dan) yigʻma temirbeton T.j.lar qurilishi avj oldi. Qishloq meʼmorligida R.Abdurasulov, A.Mahkamov, V.Kolomenskiy kabi meʼmorlar loyihasi asosida 2 qavatli kottejlar bunyod etiddi. Qishloklarda 3—4 qavatli uylarning joriy etilishi aholiga ancha noqulayliklar keltirib chiqardi. 70-y.lardan loyiha intlari tomonidan bir xil andozadagi loyihalarning yangi turlari yaratildi. 80 y.lardan 16 qavatli va undan baland eksperimental T.j.lar bunyod etildi. Shaharlarda aholining keskin koʻpayishi natijasida yirik T.j. massivlari (Chilonzor, Sergeli, Yunusobod, Yalangʻoch, Sebzor va b.)dagi T.j. binolari qurilishida 76, 146, 148, 176 turkumdagi loyihalardan foydalanildi. Ammo bu loyihalar ancha qulayliklarga ega boʻlish bilan birga, yashovchilarning mahalliy extiyoj va talablarini toʻla qondira olmas edi. Bu ehtiyoj va talablar, asosan, 1—2 qavatli shaxsiy T.j.larda amalga oshirildi.
 
T.j.lar meʼmorligi hoz.hozirgi vaktda turli jihatlarga koʻra tasniflanadi, jumladan, qurilish ashyolari boʻyicha (gʻishtli, betonli), qurilish texnologiyasi boʻyicha (yirik blokli, panelli), oʻzaro birikuvi boʻyicha (bloklangan, alohida qurilgan), loyihalarini amalga oshirish qirralari boʻyicha (individual, takroriytipik), qavatlari boʻyicha (kam qavatli, koʻp qavatli), xonadon (kvartira)larning oʻzaro birikuvi boʻyicha (galereyali, seksiyali kabi), egalik boʻyicha (shaxsiy, shirkatga qarashli, davlat mulki), hovlining mavjudligi va yana b. jihatlari boʻyicha ajratiladi. Shahardan tashqaridagi T.j.lar soddaroq koʻrinishi bilan farqlangan.
 
T.j.ning eng muhim sifatlari uning qulayligi va koʻrkamligidir. Ular koʻiroq meʼmoriy yechim (xilmaxil, baʼzan qaramaqarshi talablarni oʻzaro uygʻunlashtiruvchi reja, qurilish ashyolarining konstruktiv va badiiy sifatlarini toʻla ochish va b.) bilan taʼminlanadi. Mahalliy aholi T.j.larida naqqoshlik, oʻymakorlik kabi bezaklar keng qoʻllanadi. T. j.larda jihoz (xonumon), jumladan, hoz, vaqtda muhandislik taʼminoti (issiq, sovuq suvlar, gaz, elektr quvvati), oqova (kanalizatsiya), shamollatish, konditsionerlash va b. katta ahamiyatga ega. Turli mebellar (xontaxta, kursi, yumshoq mebel kabilar) xonalarga shinamlik baxsh etadi. Maishiy texnika buyumlari (sovutqich, televizor, kompyuter) isteʼmoli kengayib bormoqda. Koʻpgina jihoz buyumlarini yaratish sanʼat darajasiga koʻtarilgan (kulollik, kandakorlik, gilamchilik, kashtachilik va b.).