Ukraina: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k apr. → aprel
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 110:
 
== Oʻzbekiston — Ukraina munosabatlari ==
U. — Oʻzbekiston aloqalari qad. anʼanalarga ega. 20-a. boshlarida hoz.hozirgi Oʻzbekiston hududiga ukrain dehqonlari koʻchib kelganlar. 20—30-y.larda keng iqtisodiy, madaniy va ilmiy aloqalar yoʻlga qoʻyildi. 2-jahon urushi yillarida U.ning nemisfashistlari bosib olgan hudud aholisi Oʻzbekistonga evakuatsiya qilindi. U.ning bir qancha sanoat korxonalari, tashkilot va muassasalari Oʻzbekistonga koʻchirildi. Bu yerga kelgan koʻpgina fan va madaniyat arboblari madaniy hayotda faol qatnashdilar. M. Bajan, M. Tereshchenko va b. ukrain adiblari Oʻzbekistonda ijod qildilar. Urushdan keyingi davrlarda ukrain va oʻzbek adabiy aloqalari yanada rivojlandi. P. Tichina, A. Korneychuk, M. Bajan, M. Tereshchenko, Ivan Le va Oybek, Gʻafur Gʻulom, Uygʻun, K. Yashin, A. Qahhor, Sh. Rashidov, Zulfiyalarning ijodiy doʻstligi mustahkamlandi. T. Shevchenko, L. Ukrainka, P. Tichina, M. Bajan, Ivan Le, O. Gonchar, M. Rilskiy, A. Malishko asarlari oʻzbek tiliga, Navoiy, Muqimiy, Furqat, Hamza, Gʻ. Gʻulom, H. Olimjon, Shayxzoda, Uygʻun, Zulfiya, Mirtemir asarlari ukrain tiliga tarjima qilinib, nashr etilgan. Toshkent sh.da T. Shevchenko haykali oʻrnatilgan va shahardagi koʻchalardan biri uning nomi bilan atalgan.
 
Oʻzbek teatrlarida ukrain dramaturglarining pyesalari sahnalashtirilgan. 2-jahon urushi davrida I. Franko nomidagi ukrain akademik drama teatri Toshkentda ishladi. Oʻzbek tomoshabinlari A. Korneychukning "Makar Dubrava", "Platon Krechet", "Front", A. Levadaning "Faust va oʻlim" asarlarini koʻrishga musharraf boʻldilar. I. Kotlyarevskiyning "Poltavalik Natalka" (Toshkentdagi Muqimiy nomidagi teatr), "Zaporojyelik Dunay ortida" (Namangan teatri) tarixiy asarlari sahnalashtirildi. Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatrida G. Mayborodaning "Arsenal" operasi qoʻyilgan. 2-jahon urushi yillari Toshkent konservatoriyasida P. I. Chaykovskiy nomidagi Kiyev konservatoriyasi oʻqituvchilari (prof. L. Revutskiy, D. Bertye, K. Mixaylov) ishladilar. 1966 y. aprel dagi Toshkent zilzilasi oqibatlarini tugatish va yangi uyjoy, madaniymaishiy binolar qurishda ukrain quruvchilari faol ishtirok etdilar.