Un-yorma sanoati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k z-d → zavod
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 1:
'''Un-yorma sanoati''' - oziq-ovqat sanoatiimng galla donlarini qayta ishlaydigan tarmogʻi. Asosiy mahsuloti un va yorma. Un tortish qadimdan maʼlum. Dastlab donlar yorgʻuchoq (toshyorma) va oʻgʻirda yanchilgan, qoʻl tegirmonda yorma yoki un qilingan, keyinchalik suv tegirmonlari, 17-a.da kam suvli joylarda shamol tegirmonlari qurildi. 1786 y. Buyuk Britaniyada, 1818 y.da Rossiyada bugʻ bilan ishlaydigan dastlabki tegirmonlar paydo boʻldi. Elektr energiyasi paydo boʻlishi bilan tegirmonlar asosan shu energiya bilan ishlatila boshlandi va soha jadal rivojlandi.
 
Oʻrta Osiyoda, xususan, Oʻzbekistonda xam gʻalla qadimdan mayda suv tegirmonlarida tortilgan. 1870 y.da hoz.hozirgi Oʻzbekiston hududida kepakli jaydari un tortiladigan, unumdorligi bir sutkada bir necha sentner boʻlgan 5 mingdan ortiq tegirmon boʻlgan. 1903 y.da 1975 ta kichik suv tegirmoni ishladi. Birinchi katta tegirmon (zd) 1883 y.da Toshkentda, ikkinchisi 1898 y.da Samarqandda qurildi. Keyinchalik yirikroq tegirmonlar Andijon (1901) va b. shaharlarda ham paydo boʻldi. 1908 y.da Turkiston oʻlkasida 26,4 ming t., 1913 y.da 37,9 ming t un tayyorlangan.
 
1918 y. yirik tegirmonlar natsionalizatsiya qilindi, 1920 y. "Turkun" — Turkiston Respublikasi un sanoati tresti tashkil etildi, uning tarkibida 21 un korxonasi, 6 ta guruch zavodi ishladi. Oʻsha yillarda Oʻzbekistonda xususiy mulk boʻlgan 4510 suv tegirmoni va objuvozlar bor edi.