Mannon Uygʻur — versiyalar orasidagi farq

k
hoz. → hozirgi
k (in-t → institut)
k (hoz. → hozirgi)
'''Uygʻur''', Mannon Uygʻur (taxallusi; asl ismsharifi Majidov Abdumannon) (1897.11.10 — Toshkent — 1955.15.10) — rej., aktyor, dramaturg . Oʻzbekiston xalq artisti (1932). Yevropa shaklidagi oʻzbek teatr sanʼati va hoz.hozirgi Oʻzbek milliy akademik drama teatri (sobiq Hamza nomidagi teatr) asoschilaridan. 1916 y. "Turon" truppasida aktyor sifatida ish boshlagan. Safarbek (N.Vezirov, "Uy tarbiyasining bir shakli"), Markiz Robl ("Qotili Karima"), Hoji Baxshali (J. Qulizoda, "Oʻliklar"), Xizmatkor (A. Avloniy, "Advokatlik osonmi?"), Zahhok (A. Fitrat, "Abu Muslim"), Eshimqul (Uygʻur, "Turkiston tabibi"), Mahmudxon (Hamza, "Zaharli hayot"), Rahim aka (Gʻ.Zafariy, "Xalima"), Nuriddin (A.Fitrat, "Chin sevish"), Miller (F. Shiller, "Makr va muhabbat"), Karl Moor ("Qaroqchilar") kabi kulgili, dramatik, fojiaviy romantik obrazlar yaratgan. Teatrni jadidlar singari maʼrifat oʻchogʻi, ibratxona deb bilgan. 1919 y.da "Turon" trupp sini qayta tiklab, oʻnga isteʼdodli yoshlarni jalb etish, dramaturglar bilan yangi asarlar ustida ish olib borish, tarjima qilish, sahnalashtirish, sahna ijodkorlarini malakasini oshirish masalalari bilan muttasil shugʻullangan. 1918—20 y.lar Abdulla Avloniyning "Advokatlik osonmi?" komediyasini, Hamzaning "Zaharli hayot yoxud Ishq qurbonlari", "Boy ila xizmatchi", "Tuhmatchilar jazosi" asarlarini, Gʻozi Yunusning "Zahhoki moron" tragediyasini, Abdulla Qodiriyning "Baxtsiz kuyov", Gʻulom Zafariyning "Halima", Fitratning "Abu Muslim", "Chin sevish" dramalarini sahnalashtirish bilan teatr repertuarini milliy asarlar bilan mustahkamlashga harakat qildi. Oʻzi yozgan "Turkiston tabibi", "Fanniy uy", "Oʻn ikki soatlik hokimiyat" pyesalarini ham sahnalashtirdi. Shuningdek, ozarbayjon dramaturglari asarlari ("Na qonur, na qondirur", "Xoʻrxoʻr", "Dursunali Ballibodi", "Iblis", "U oʻlmasa, bu oʻlsun" va b.)ni ham tarjima qilib sahnalashtirdi. U oʻzining koʻpqirrali faoliyati bilan havaskorlik truppasini Oʻzbek davlat oʻlka namuna teatri darajasiga olib chiqdi. Markaziy Osiyo boʻylab tomoshalar koʻrsatdi. 1922 y. teatr ishlarini yoʻlga qoʻyish uchun Buxoroga yuborilgan. "Abu Muslim", "Halima", "Turkiston tabibi" asarlarini sahnalashtirib, buxorolik havaskorlarni saqna qonun qoidalariga oʻrgatadi. Karki sh.da birinchi teatr truppasi tashkil qiladi. 1923 y. Moskva davlat markaziy teatr sanʼati texnikumining rej. lik boʻlimiga oʻqishga kiradi. Shu yili uning tashabbusi bilan Moskvadagi Buxoro xalq maorifi uyi qoshida oʻzbek drama studiyasini ochishga qaror qilinar ekan, U. Buxoro, Toshkent, Andijon, Qoʻqon sh.laridagi teatrga isteʼdodli yoshlarni toʻplaydi. 1924 y. Moskvada Oʻzbek drama studiyasi ish boshlaydi. U. studiyaning ham talabasi, ham tashkilotchi rahbari boʻlib, Choʻlpon bilan birga studiya pedagoglari L. Sverdlin, R. Simonov, V. Kansel va b.ga tarjimonlik qilib, spektakllar qoʻyishda yordamlashadi. "Xasis" (Molyer, U. Garpagon rolida), "Tergovchi" (N. Gogol), "Malikai Turandot" (K. Gotsii, U. Altoum rolida) spektakllarining yaratilishi va mamlakatimizda namoyish etilishida U.ning xizmati beqiyos. Oʻzi mustaqil "Shayx Sanʼon" (H. Jovid), "Yorqinoy" (Choʻlpon) kabi asarlarni sahnalashtirdi. 1927 y. U. boshliq 24 nafar oʻzbek yoshlari Samarqandga qaytib, Oʻzbek davlat drama truppasining oʻzagini tashkil qildilar. U. "Arslon" (Fitrat), "Hujum" (V. Yan, Choʻlpon), "Farhod va Shirin" (Xurshid), "Mushtumzoʻr" (Choʻlpon), "Tarix tilga kirdi" (3. Sayd, N. Safarov), "Niqob yirtildi" (3. Fatxullin), "Loyqalar" (S. Husayn) kabi turli mavzu va janrda yaratilgan spektakllarida oʻz isteʼdodi va studiyada orttirgan tajribasini roʻyobga chiqarish, studiyani bitirgan va havaskorlikdan kirib kelgan aktyorlarni tarbiyalash harakatida boʻldi. U.ning rej.lik va aktyorlik mahorati yuksalib, Shekspirning "Xamlet" tragediyasini sahnalashtirishi oʻzbek professional teatrining kamolot pallasiga oʻtganidan darak berdi. "Hamlet"dek murakkab asarni sahnalashtirishda U. aktyorlarni qirol saroyidagi kiborlarning kiyinishi, oʻzini tutishi, oʻzaro mulozamat, taʼzim, soʻz va nutq ustida qunt bilan ishlash, obrazlarning tarixiyfalsafiy moxiyatini ochish sari yoʻnaltirdi. Tomoshabinlarni esa bunday yuksak tragediyani idrok etishga tayyorlash maqsadida teatrning oʻzida, matbuot orqali tushuntirish ishlari olib borildi, maket va postanovka tarixiga oid koʻrgazma tashkil etdi; spektaklning maxsus dasturi va Choʻlpon tarjimasi eʼlon qilindi. Bosh rolni Abror Hidoyatov ijro etdi. Spektakl qatorasiga 22 kun oʻynalib, katta muvaffaqiyat qozondi. "Hamlet" spektakli tufayli U. 30-y.
 
lardagi qatagʻondan omon krlgan boʻlsada, tahqirlangan bir sharoitda ijod qildi. Qachonki u bir asarni sahnalashtirmoqchi boʻlsa, uning yoniga albatta bir rus rej.
516 159

ta tahrir