Karam: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k apr. → aprel
DastyorBot (munozara | hissa)
k fev. → fevral
Qator 3:
K. boshlari kattaligi va tigʻizligiga koʻra, mayda (0,5—1,5 kg), oʻrtacha (1,5— 2,5) va yirik (2,5 kg dan ortiq) vaznda boʻladi. Gullari sargʻish, yirik, shingillarga toʻplangan, mevasi qoʻzoq. Urugʻi yumaloq, toʻq qoʻngʻir, diametri 2 mm cha. K. sovuqqa chidamli, urugʻi 2— 5° da una boshlaydi. Koʻkati — 5° so-vuqqa, katta oʻsimligi — 8° qisqa muddatli sovuqqa chidaydi. Oq boshli K. 11—18° t-rada bosh hosil qiladi. T-ra 25° dan oshganda bosh chiqarishi kechi-kadi; sernam va yorugʻ joyda tez rivojlanadi.
 
K. tarkibida qandlar, organik kislotalar, vitaminlar (S, R, V,, V2, RR, K, Ye) va karotin, pantoten va folat kislotalar, yogʻ, fermentlar, fitonsidlar, kaliy, kalsiy, yod, marganets, temir va b. elementlarning tuzlari bor. Bevosita ovqatga ishlatiladi, tuzlanadi va konserva holida isteʼmol qilinadi. K. xalq tabobatida turli kasalliklarga ishlatiladi, organizmdan xolesterinning chiqib ketishini tezlatadi. K.da kletchatka koʻp. K. navlari ertagi, oʻrtacha ertagi, urtagi, oʻrtacha kechki va kechki guruxlarga boʻlinadi. K. koʻchati parnik va issiqxonalarda yetishtirilib, ertagisiga fev.fevral oxiri va mart boshlarida (60x60 sm, 70x70 sm sxemada), oʻrtagisi aprel — may boshlarida, kechkisi iyul oxiri va iyul boshlarida (70x70 sm sxemada) ekiladi.
 
Parvarishi sugʻorish, qator oralari va tup atrofini yumshatish, oʻgʻitlash, zararkunanda va kasalliklarga karshi kurash olib borishdan iborat. Birinchi oziklantirishda gektariga 150—200 kg superfosfat va 120—150 kg ammiakli selitra, ikkinchisida faqat 120— 150 kg ammiakli selitra beriladi. K. ekiladigan yer kuzda yoki erta bahorda haydalib, gektariga 20—30 t goʻng , 300—400 kg superfosfat, 100—150 kg kaliy tuzi sochiladi.