Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakat: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k fev. → fevral
Qator 3:
Bu harakat oʻz jugʻrofiy doirasiga koʻra, 3 hududga boʻlinadi: Turkiston ASSR, Buxoro Respublikasi va Xorazm Respublikasi qududlari. U keyinchalik Oʻzbekiston, Turkmaniston, Tojikiston SSRda ham davom etdi. Qurolli kurash oʻz rivojlanish jarayoniga koʻra, 2 davrni bosib oʻtdi: 1918—24 va 1925—35 y.lar.
 
T.s.r.q.q.h.ning 1davri, dastlabki qurolli guruxdarning tashkil topishi Kichik Ergash va Katta Zrgashning nomlari bilan uzviy bogʻliqdir. Turkiston muxtoriyati xukumati qoʻshiniga boshchilik qilgan Kichik Ergash.1918 y. 19— 21 fev.dafevralda Qoʻqon sh.da boʻlgan urush natijasida magʻlubiyatga uchrab, Qoʻqon uyezdidagi Bachqir qishlogʻiga chekindi.
 
26 fev.dafevralda Bachqirga qizil gvardiyachilar va arman dashnokdari (q. [["Dashnakiutyun"]])gʻtng 5 ta otryadi hujum qildi.
 
27 fev.dafevralda boʻlgan janglarning birida Kichik Ergash halok boʻlgach, Katta Ergash Fargʻona vodiysida bolsheviklarning mustamlakachilik tartibiga qarshi kurash boshladi. Tez orada harakat butun Fargʻona vodiysi va Samarqand viloyati hududlariga tarqaldi.
 
T.s.r.q.q.h.niig bosh sababi bolsheviklarning oʻlkada yuritgan mustamlakachilik va shovinistik siyosati boʻldi. Bolsheviklar tomonidan amalga oshirilgan dastlabki sotsialistik tadbirlar (korxonalarning davlat ixtiyoriga oʻtkazilishi, xususiy mulkning tugatilishi, oziq-ovqat taqsimoti va gʻalla monopoliyasi, islom dinining cheklanishi va ateizm targʻiboti, masjid, Madrasa, xususiy maktab va qozixonalarning bekitilishi, vaqf yerlarning tortib olinishi, majburiy mehnatning joriy qilinishi, bozorlarning yopilishi va b.) xamda qizil armiya jangchilarining talonchilik va bosqinchilik siyosati harakatga alohida keskinlik va koʻlam bagʻishladi. Bu hodisalar kurashning tobora kengayishi va rivojlanishiga olib keldi.
Qator 23:
Kurashchilar faqat jang harakatlari olib borish bilan cheklanmasdan Madaminbek boshchiligida Muvaqqat Fargʻona hukumati (1919.22.10) nomli hukumatni ham tuzdilar.
 
1920—24 y.larda Buxoro va Xorazm respublikalarida milliy muxolifat olib borgan ozodlik kurashi oʻziga xos alohida yoʻnalish va xususiyatga ega boʻlib, oʻta murakkab va ziddiyatli ekanligi bilan Turkiston Respublikasidagi bu harakatdan ajralib turadi. Bolsheviklar kizil askarlarga tayangan holda 1920 y. 1 fev.dafevralda Xiva xonligi va 1920 y. 2 sent.da Buxoro amirliginn qurolli kuch bilan agʻdarib, hokimiyatni Buxoroda, asosan, Yosh buxoroliklar, Xorazmda esa Yosh xivaliklar firqalarining aʼzolaridan iborat demokratik kuchlar qoʻliga berishdi. Lekin, bu joylarda hokimiyat uchun kurashayotgan boshqa kuchlar ham mavjud boʻlib, natijada milliy kuchlar oʻrtasida hokimiyat masalasida oʻzaro ixtilof vujudga keldi.
 
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi va Xorazm Xalk, Sovet Respublikasiaz. 1920 y.da yuzaga kelgan qurolli muxolifat shu sababli bir yoʻla 2 kuchga karshi: birinchidan, bu davlatlar hududida joylashgan bosqinchi qizil armiya qismlariga qarshi mustaqillik kurashini; ikkinchidan, bolsheviklar yordamida hokimiyatni egallab olgan kuchlarga, yaʼni Yosh xivaliklar, Yosh buxoroliklarga qarshi muxoliflik urushini olib bordilar. Bu harakatning Turkiston Respublikasi, xususan, Fargʻona vodiysidagi qurolli kurashdan farkli jihati ham ana shunda.