Xorvatiya — versiyalar orasidagi farq

k
fev. → fevral
k (hoz. → hozirgi)
k (fev. → fevral)
X. hududida odam ilk paleolit davridan boshlab yashaydi. Jez davrida illiriy, soʻng kelt qabilalari yashagan. Mil. av. 1-a.da Rim bosib olgan. Mil. 1-a.da X.ning talay qismi Rimning Pannoniya va Dalmatsiya viloyatlariga, 395 y. esa Vizantiya tarkibiga kirgan. 6—7-a.larda X. hududida slavyanlar yashay boshladi. 8-a.da franklar bostirib keldi. 9-a. oxirida xorvat knyazlari franklar va Vizantiya asoratidan qutulib mustaqillikka erishdilar, 925 y. Xorvat davlati (qirollik) vujudga keldi. 10-a.da xristianlik tarqaldi. 1102 y. X. venger qirollariga tobe boʻlib, ichki oʻzini oʻzi boshqarish huquqini saqlab qoldi. 16-a. oxirida X. hududining koʻp qismi Usmoniylar imperiyasi tasarrufiga oʻtdi. Bir qismi Gabsburglar hukmronligi ostida qoldi. 17-a. oxiri — 18-a. boshlarida turklardan ozod qilingan yerlar (Slavoniya) Harbiy hudud (Turkiya bilan chegaradosh boʻlgan viloyat; Gabsburglar imperiyasi tarkibida boʻlgan) tarkibiga, bir qismi 1809—13 y.larda Illiriylar provinsiyasi tarkibiga kiritildi. 18-a. oxiri — 19-a. boshlarida xorvat millatining shakllanish jarayoni kuchaydi va 19-a. 1-yarmida millat sifatida shakllanib boʻldi. 19a. ning 30—40-y.lari xorvat yerlarida illiriylar ijtimoiy harakati yoyildi. 1848—49 y.gi Avstriya va Vengriya dagi inqilob natijasida X. Gabsburglar imperiyasi tarkibida muxtoriyatga erishdi. Ammo inqilob bostirilgach, muxtoriyatdan mahrum boʻldi. 1868 y.gi X. Vengriya bitimi natijasida cheklangan muxtoriyatga erishdi. AvstriyaVengriya davlati barbod boʻlgach (1918), X. Serblar, xorvatlar va slovenlar (1929 y.dan Yugoslaviya) qirolligi tarkibiga kirdi. 1939 y. avg .da X. muxtoriyatga erishdi. 1941 y. aprelda fashistlar tomonidan okkupatsiya qilingan X. hududida "Mustaqil X. davlati" degan koʻgʻirchoq davlat eʼlon qilindi. 1945 y. X. hududi butunlay ozod qilindi va Yugoslaviya Federativ Xalq Respublikasi (keyinchalik Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasi) tarkibiga kiritildi.
 
1963 y.dan 1991 y.gacha Yugoslaviya tarkibida X. Sotsialistik Respublikasi deb ataddi. 1991 y. iyunda X. mustaqilligi toʻgʻrisidagi Deklaratsiya kabul kilinib, mamlakat X. Respublikasi deb atala boshladi. X. — 1992 y. 22 maydan BMT aʼzosi. OʻzR suverenitetini 1991 y. 28 dek.da tan olgan va 1995 y. 6 fev.danfevraldan diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 30 may — Davlatchilik kuni (1990).
 
 
516 159

ta tahrir