Zargarlik sanoati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
DastyorBot (munozara | hissa)
k fev. → fevral
Qator 5:
Bu korxonalar 585 va 750 asillik darajali (probali) tilla qotishmasi, 925 asillik darajali kumush qotishmasidan turli xildagi zargarlik buyumlari (sirgʻa, uzuk, zargarlik zanjirlari, sovgʻabop mahsulotlar, kumushdan yasalgan oshxona anjomlari, yuqori badiiy sifatga ega boʻlgan zargarlik buyumlari, yakka buyurtmalar, yangi zargarlik buyumlarining modellari)ni ishlab chiqaradi. Shaxrisabz va Burchmulla zargarlik korxonalarida zargarlik buyumlarini i.ch. bilan birga qimmatbaho va qimmatbaho boʻlmagan toshlarga qirrali ishlov beriladi. "Fonon" IIB ilmiytexnika lab.larida zargarlik sohasida ishlatiladigan turli rangdagi sunʼiy kristallar oʻstiriladi.
 
Z.s. korxonalari bilan bir qatorda Respublikada buyurtmachining ashyosidan zargarlik buyumlari tayyorlash va ularni taʼmirlash bilan shugʻullanuvchi zargarlik ustaxonalari va yakka tartibda ishlovchi zargarlar ham faoliyat koʻrsatmoqda (q. [[Zargarlik]]). Respublikada ishlab chiqariladigan va chetdan keltiriladigan Z.s. mahsulotlari sifati va asillik darajasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 y. 8 fev.dagifevraldagi farmoni bilan tashkil qilingan Davlat asillik darajasini belgilash palatasi nazorat qiladi. 2001 y. 7 dek.da "Qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarning asillik darajasi va tamgʻalanishi toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasining qonuni qabul qilindi. 1999 y.ning 4iyunida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat asillik darajasini belgilash palatasi Asillik darajasi palatalarining Yevropa uyushmasiga toʻla huquqli aʼzo boʻldi.
 
Davlat asillik darajasini belgilash palatasi qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarning sofligini tekshirish va tamgʻalash Xalqaro konvensiyasiga kirish masalalari bilan 1996 y.dan shugʻullanib keladi va kuzatuvchi mamlakat maqomida uning barcha kengashlarida qatnashadi.