Barakatxon ibn Davlat Malik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Barakatxon ibn Davlat Malik''' (? -1246) — [[Jaloliddin]] xorazmshohning nufuzli amirlaridan biri. Otasi — Davlat Malik Xorazmshoh Malshadning o‘g‘li G‘iyosiddin Pirshohning amiri bo‘lgan. Davlat Malik Eron Ozarbayjonidagi Zanjon yaqinidagi jangda halok bo‘lgach (1224), B. Ozarbayjondagi ildegiziylar hukmdori Og‘abek O‘zbek qo‘lida tarbiya topgan. Jaloliddin Hindistondan qaytib Tabrizni olgandan so‘ng (1225), B. uning xizmatiga kirgan va tez orada yirik lashkarboshilaridan biriga aylangan. Jaloliddin halok bo‘lganidan so‘ng (1231 y. avg .), B. uning boshqa amirlari Qirxon, Ilon Bug‘o, Saruxon, Berdixon (Xonberdi) qatorida Alouddin Kayqubod qo‘shiniga kirgan. Ammo Kayqubodning vafotidan so‘ng uning vorisi Kayxusrav xorazmiylar qo‘mondoni B.ni o‘ziga qarshi fitnada ishtirok etganlikda ayblab hibsga oladi. Shunda xorazmlik boshqa amirlar isyon ko‘tarib, B.ni ozod qiladilar va mamlakatni talontaroj qilib ketadilar. 1237 — 46 y.larda B. boshchiligidagi xorazmiylar Yaqin Sharq hukmdorlarining o‘zaro nizolarida ishtirok etganlar. 1246 y. B. Shom viloyatlari birlashgan qo‘shini tomonidan mag‘lub etilib, jangda halok bo‘lgan, qo‘shini tarqab ketgan. Bir qism qo‘shin B.ning o‘g‘li qo‘mondonligida xalifa xizmatiga o‘tgan.
 
== Adabiyotlar ==