Belgiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
Qator 18:
 
== Tarixi ==
Qadim zamonlarda B.da belglarning kelt qabilasi yashagan (mamlakat nomi shundap kelib chiqqan). Mil. av. 57 y.da Yuliy Sezar mamlakatni bosib olib, Rim imperiyasi tarkibiga qoʻshgan. 3-a.da B.ga germanlarning frank va friz qabilalari bostirib keldilar. Franklar belglarning bir qismini qirib tashlab, boshqa bir qismi bilan birikib kstganlar. 5 — 9-a.larda B. Frank davlati tarkibida boʻlgan. 843 i. Frank davlati parchalanib ketgach, Verden shartnomasiga kura, B. 2 qismga boʻlindi: gʻarbiy qismi Franiiyaga, sharqiy qismi Lotaringiyaga qoʻshib yuborildi. 13 — 14-a.larda B. Angliya bilan Fransiya oʻrtasidagi shiddatli kurash maydoni boʻldi. 14-a. oxiri va 15-a.da B. Burgundiya gersoglarining mulkiga aylandi, 1477 y.dan Gabsburglar hukmronligida, 1555 y.dan Ispaniya tarkibida boʻldi. 1713 y. Utrext sulhiga binoan yana Gabsburglar imperiyasi tarkibiga kirdi. 1789 — 90 y.lar burjua inqilobi natijasida avstriyaliklar hukmronligi tugatildi, 1790 y. 11 yanvar da B. Qoʻshma Shtatlari davlati eʼlon qilindi, biroq 1791 y.da Avstriya yana mamlakatni qoʻlga oldi. 1795 y.da Fransiyaga qoʻshib olindi. Napoleon I imperiyasi tugagach, 1815 i. B. hududi Niderlandiya tarkibiga qoʻshildi. 1830 y. inqilobi tufayli B. mustaqillikka erishdi. 20-a. boshlarida 6. yuksak darajada rivojlangan sanoat mamlakatiga aylandi. 1-jahon urushi davrida B.ning betarafligiga qaramay, Germaniya[[Olmoniya]] qoʻshinlari uni bosib oldi. 2-jahon urushi yillarida esa gitlerchilar bosqini azobini tortdi (1940 — 44). 1944 i. sent.da B. bosqinchilardan xalos boʻldi. B.— 1945 y.dan BMT, 1949 y.dan NATO aʼzosi (1967 y.dan B.da NATO qarorgohi joylashgan). OʻzR bilan diplomatiya munosabatlarini 1992 y. martda oʻrnatgan. Milliy bayramlari: 21 iyul — Qirol Leopold I ning Konstitutsiyam sodiqligi haqida qasamyod qilgan kupi (1831) va 15 noyabr — Qirol sulolasi kupi (1866).
 
 
== Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari ==