2014-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MrErgashev (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 3:
Dunyoning 88 davlati vakillari 17 kun davomida sportning 7 turi boʻyicha 98 komplekt medallar uchun bahs yuritdilar.
 
Umumjamoa hisobida 13 ta oltin, 11 ta kumush va 9 bronza, jami 33 ta medalini qoʻlga kiritgan [[Rossiya]] jamoasi birinchi oʻrinni egalladi.
Bunga qadar [[1932]]-yili [[AQSh]], [[1952]]-yilda [[Norvegiya]], [[2010]]-yilgi musobaqada esa [[Kanada]] davlati vakillari oʻz uylarida boʻlib oʻtgan qishki Olimpiada oʻyinlarida umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallashgan.
 
Ikkinchi oʻrindagi [[Norvegiya]] terma jamoasi 11 ta oltin, 5 ta kumush, 10 ta bronza medaliga ega boʻldi. Musobaqaning soʻnggi kuni [[xokkey]] musobaqasida Olimpiada chempioni boʻlgan [[Kanada]] terma jamoasi uyiga 10 ta oltin, shuncha kumush, 5 ta bronza medali bilan qaytdi. Medallar jamgʻarish boʻyicha kuchli oʻntalikdan [[AQSh]], [[Gollandiya]], [[Germaniya]], [[Belarus]], [[Shveysariya]], [[Avstriya]] hamda [[Fransiya]] terma jamoalari joy olishdi. Jami 26ta terma jamoa hisobida kamida bitta bronza medali boʻldi. 21 ta terma jamoa tarkibida esa kamida bir nafar Olimpiada chempioni bor. <ref>[http://olamsport.com/uz/2014/02/24/xayr_sochi_salom_pxenchxan Хайр Сочи, салом Пхенчхан!]</ref>
 
Bu safargi qishki Olimpiada oʻyinlarida 88 davlat vakillaridan 26 tasiga sovrinli oʻrinlarni egallash nasib etdi.
 
== Olimpida medallari ==
Olimpiada medallariga bezak berishda rus xalqining anʼanalari hamda naqshlaridan foydalanilgan. 1300 ta medalni yasash uchun 3 kg tilla, 2000 kg kumush, 700 kg bronza ketgan. Medaldagi naqshning oʻrta qismi polikarbonatdan yasalgan.<ref>[http://stadion.uz/news/detail/71615 СочиSochi-2014. МедалларMedallar, тимсолларtimsollar ваva машъалаmashʼala]</ref>
 
Medal lentasini ushlab turuvchi metal oʻzakcha shu qadar chidamli qilib tayyorlanganki, hatoki 100 kg ogʻirlikni ham koʻtara oladi. Ha, aynan shunday. Olimpiada oʻyinlari tarixida Sochidagi musobaqada rekord darajadagi medallar chiqarildi. Ularning soni hammasi boʻlib 1254 tani tashkil etadi.
 
== Olimpiada timsoli ==
Sochidagi Qishki Olimpiada oʻyinlarining timsoli sifatida oq Ayiqcha, Leopard va Quyoncha tanlangan.
 
== Olimpiada mashʼalasi ==
Olimpiada oʻyinlarining boshlanganidan darak beruvchi mayoq, qush pati shaklida tayyorlangan. Ushbu mayoqning asosi alyumindan tayyorlangan va chidamli polimer bilan qoplangan. Umumiy hisobda 14 mingta shunday mayoq tayyorlangan. Uning boʻyi 95 sm, eni 15.5 sm, ogʻirligi esa 1.8 kg.
 
Qator 26 ⟶ 29:
<references/>
 
== Havolalar ==
* {{official|http://sochi2014.com/}}
{{commonscat|2014 Winter Olympics}}