Yoʻl-yoʻl kitlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
to`g`ri lotin ismi
Qator 1:
'''Yoʻl-yoʻl kitlar''' (BalaenopteidaeBalaenopteridae) — kitlar turkumining bir oilasi. Tishsiz (moʻylovli) kitlar kenja turkumiga mansub. Tomogʻi va qornida tana boʻylab uzunasiga ketgan 12 dan 114 tagacha teri burmalari (yullar) joylashgan (nomi shundan olingan). Kit ogʻzini ochganda teri burmalari yoyilib, ogʻiz boʻshligʻi kengayadi, bu esa koʻp oziq tutishga yordam beradi. Tanasining uz. 7,5 m dan (kichik Y.-y. k.) 33,3 m gacha (koʻk kit). 6 turi: koʻk kit, finval, seyval, brayd, kichik va bukri kit turlari bor. Ogʻzining har tomonidan 270— 430 ta shox plastinka (kit moʻylovlari) joylashgan. Ular yordamida Y.-y. k. suvdan mayda organizmlarni suzib oladi. Y.-y. k. barcha okeanlarda keng tarqalgan. 2—3 yoshida voyaga yetadi. Faslga qarab turar joyi oʻzgarib turadi. Boʻgʻozlik davri bir yilcha. 2—2,5 yilda bitta bola tugʻadi. Bolasi onasidan 4 marta kichik. Bolasini 8 oy emizadi. Bu kitlarning iqtisodiy ahamiyati katta. Mac, 1 ta koʻk kit 20 t moy, 30—40 t goʻsht, 1 t jigar va b. mahsulotlar beradi. Hoz. Y.-y. k. soni keskin kamayib ketganligi tufayli ularni ovlash taqiqlangan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==