Pekin: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 3:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Pekin''', Beyszin (xitoycha — shim. poytaxt) — Xitoyning poytaxti. Siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazi. Kattaligi jihatidan mamla-katda Shanxaydan keyin 2-oʻrinda. Buyuk Xitoy tekisligining shim. qismida, uch tomondan togʻlar bilan oʻralgan. Iqlimi moʻʼtadil, mussonli iqlim. Yanv.ning oʻrtachat-rasi —4,6°, iyulniki 26°. Yillik yogʻin 636 mm. Aholisi 12 mln. kishi (1999, shahar atrofi b-n). P. aloxdsa maʼmuriy birlik qilib ajratilgan.
 
P. — Xitoyning eng qad. shaqarlaridan. Mil.av. 2-ming yillikdayoq hoz. P. oʻrnida aholi yashaganligi maʼlum. Mil.av. 1-mingyillik —mil. 10-a. man-balarida shahar Szi deb atalgan. 10-a.da Shim. Xitoyni kidanlar bosib olgach, nomi Sitszin deb oʻzgartirilgan (936). Keyinchalik shahar kidanlar davlatining jan. poytaxti — Nanszin boʻlib qolgan (937), 1153 y.dan Szin davlati poytaxti. Bu davrda u Dasin (Chjundu) deb nomlangan. 1215 y.da shaharni moʻgʻullar istilo qilgan. 1263 y.da Xubilay Dasinni moʻgʻullar saltanati poytaxtiga aylantirgan va unga Xonbaliq (buyuk poytaxt, xitoycha Dadu) deb nom qoʻygan. Moʻgʻullar sulolasi Yuan davrida (1280—1368) shahar oʻrtasidan Buyuk kanal kazilgan. 1368 y.da Xitoydan moʻgʻullar quvib chiqarilgach, Beypin deb atalgan. 1421 y.da Min imperiyasi (1368—1644) poytaxti. Bu davrdan boshlab shahar hoz. nomda Beyszin (Pekin) deb atala boshlagan. Sin (manjurlar sulolasidan) davrida (1644—1911) P. imperiya poytaxti boʻlgan. 1912 i. Sin monarxiyasi tugatilgach, P. Xitoy Respublikasi poytaxti. 1927 y. hokimiyat gomindanchilar qoʻliga oʻtgach, poytaxt Nankinga koʻchirildi. P. yana Beypin deb atala boshladi. 1937—45 y.larda Beypin yaponlar qoʻl ostida boʻldi. 1945—49 y.larda unda gomindanchilar hukmronlik qildi. 1949 y.da ulardan ozod qili-nib Xitoy Xalq Respublikasi poytaxti deb eʼlon qilindi.