Vikipediya:Chala maqola: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
213.230.85.250 tomonidan qilingan 1605970 tahriri qaytarildi (mun.)
Qator 18:
 
[[Turkum:Vikipediya]]
IX a. boshiga kelib Franklar davlati shimoli-sharqiy Ispaniyadan El’ba va Dunaygacha, hozirgi Niderlandiyadan markaziy Italiyagacha bo’lgan ulkan hududni qamrab olgan. Bu erlarda taraqqiyotning turli bosqichida turli ko’plab qabilalar va halqlar yashagan Karl va uning ko’plab mulozimlari o’z davlatlari timsolida Rim imperiyasining harbiy qudrati, hokimiyati, ulug’vorligi qayta tug’ilganligini ko’rar edilar. Rim papasi o’zaro dushmanlik kayfiyatida bo’lgan Rim zodagonlaridan qochib o’zining eski homiysi, franklar qiroli saroyidan panoh topganidan foydalanib Karl Italiyaga navbatdagi harbiy yurishini qilgan. Papaning qarshiligini sindirib, Karl undan o’ziga imperatorlik tojini kiydirishni talab qilgan. Shunday qilib 800 y. Rim nomini qabul qilgan yangi imperiya vujudga kelgan. Bu Konstantipol bilan munosabatlarni keskinlashuviga olib kelgan, chunki uning hukmdorlari o’zlarini eski Rim imperiyasining yagona qonuniy vorislari deb hisoblashgan. Faqat 812 y. Vizantiyada Buyuk Karlning imperatorlik unvoni tan olingan.
 
Bir necha o’n yillab davomida Buyuk Karl imperiyasi G’arbiy Evropadagi eng qudratli davlat bo’lgan. Yangi chegaralar mudofaa inshoatlari, istexkomlar bilan mustaxkamlangan. Yiliga ikki marta imperator saroyida eng yirik yer egalari kengashi –“vinagemont” to’plangan, qirol davlat xayotining eng muhim masalalari bo’yicha ular bilan maslahatlashgan. Viloyatlardagi ishlarning borishi ustidan “imperator vakillari” mahsus nazorat o’rnatishgan. Ular mamlakat bo’ylab yurib amaldorlarning qanday ishlayotganlarini kuzatishgan.
 
Karl yangi harbiy isloxat o’tkazgan: endilikda harbiy hizmatga barcha erkin jamoa a’zolari emas, balki eng badavlat kishilargina chaqirilgan. Qolganlar guruhlarga birlashib umumiy hisodan chaqiriq bo’yicha bittadan qurolli jangchi etkazib berishlari lozim bo’lgan. Shu tariqa harbiy hizmat asta sekin feodallarning ishiga aylana boshlagan.