Toshkent tarixi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MrErgashev (munozara | hissa)
Qator 34:
9—10-asrlarda Shosh [[Somoniylar]]ga tobe boʻlgan. Yozma manbalar va arxeologik tadqiqotlardan maʼlum boʻlishicha, Binkat shahrining keyingi asrlardagi oʻrni Shosh Toshkentning toʻrt dahasida, asosan, uchtasi — Sebzor, Koʻkcha, Beshyogʻoch hududida joylashgan boʻlib, u alohida qalin devorlar bilan oʻrab olingan 4 qism: ark (oʻrda), shahriston (shaharning asosiy qismi) hamda ichki (rabodi doxil) va tashqi (rabodi xorij) rabodlardan iborat boʻlgan va bir necha qator mudofaa devori bilan oʻralgan. Shu davrdagi ark (maydoni 3 ga) va shahriston (maydoni 15 gektarcha) shahar markazida hozirgi [[Shayxontohur tumani]] hududidagi Eski joʻva bozori va undan sharqdagi katta tepalikda joylashgan. Qalʼada hukmdor saroyi va zindon boʻlgan. Saroyning bir darvoza (qopqa)sidan shahristonga, boshqasidan shaharning ichki rabodiga chiqilgan. Shahar markazida bozor boʻlgan, u „Joʻba“ deb yuritilgan. Markaz bilan shahar darvozalari koʻchalar orqali bogʻlangan. Bir va ikki qavatli paxsa yoki sinchkori devorli hovlili qilib turar joylar qurilgan. Ichki va tashqi rabod devorlari oraligʻi 4 km boʻlgan. Shaharda kulolchilik, oʻqyoy, gazlama, gilam, chodir hamda charm mahsulotlari ishlab chiqarish. rivojlangan.
 
=== Choch Qoraxoniylar davlati tarkibidan moʻgʻullarga oʻtishi ===
10-asr oxiri — 12-asr oʻrtalarida Choch [[Qoraxoniylar]] davlati tarkibiga kirdi. 1214—15 yillarda [[Muhammad Xorazmshoh]] [[qoraxitoylar]] qoʻshini hamda [[naymanlar]] xoni Kuchluq bilan jang qilib, Shosh viloyatini ulardan tortib odli va viloyat dushmanlar qoʻliga oʻtmasligi uchun Shosh markazi aholisini koʻchirtirib yubordi. Shu bois moʻgʻullar [[1220-yil]]da shaharni qarshiliksiz qoʻlga kiritgan boʻlishi mumkin. Juvayniyning moʻgʻullar bosqini haqidagi xabarida Toshkent shahri tilga olinmagan. 13—14-asrning 1-yarmida Toshkent viloyati [[Chigʻatoy ulusi]] tarkibida boʻldi.