Helsinki: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 3:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''XelsinkiHelsinki''', Gelsingfors - Finlyandiya poytaxti. Usima lyanining maʼmuriy markazi. Aholisi 551,1 ming kishi (1999). Transport yoʻllarining muhim chorrahasi. Fin qoʻltigʻi sohilidagi port. Malmi aeroporti xalkdro ahamiyatga ega. Mamlakatning muhim iqgisodiy, moliya va madaniyat markazi. Yetakchi sanoat tarmogʻi — mashinasozlik (asosan, kemasozlik, elektrotexnika, koʻtarish kranlari va sellyulozaqogʻoz sanoati uchun jihozlar i.ch.). Toʻqimachilik, kimyo va keramika, koʻnpoyabzal, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Intlar, Musiqa akademiyasi, opera va milliy teatrlar, milliy, shahar, badiiy, tarixetnografiya muzeylari, zool. va botanika bogʻlari, yirik konsert zallari bor. Metropoliten kurilgan.
 
X.ga 1550 y.da VantaYoki daryosining quyilish joyida asos solingan va dastlab Gamelstat deb atalgan. Finlyandiya Rossiyaga qoʻshib olinib (1809) Buyuk Finlyandiya knyazligi tuzilgach, 1812 y.da mamlakat poytaxti Turku (Abo) sh.dan X.ga koʻchirildi. 1917 y. dek.da mamlakat mustakllligi eʼlon kilingach, X. Finlyandiya Respublikasi poytaxti. X.da xalqaro uchrashuv, sʼyezd, konferensiya va kengashlar boʻlib oʻtadi, Jahon Tinchlik kengashi kotibiyati joylashgan.