Qoʻshma korxona: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
Tahrir izohi yoʻq
Qator 3:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Qoʻshma korxona''' - boshqa mamlakatlar firmalari ishtirokida bunyod qilingan, tashkiliy jihatdan yagona yuridik shaxs sifatida rasmiylashtirilgan korxona. Q.k. oʻzaro manfaatdorlik negizida, hukumatla-rarohukumatlararo shartnomalar asosida tashkil qilinib, i.ch., ilmiy-i. ch., ilmiy-texnika vazifalarini yechishga qaratiladi. Taʼsischilarning oʻz mulklarini birlashtirish va badallari hisobiga Q.k.ning moliyaviy fondi yaratiladi. Q. k. sanoat, q.x., qurilish, transport, savdo. fan va milliy iqtisodiyotning boshqa sohalarida tashkil etilishi mumkin. Q.k., asosan, chet el texnikasi, texnologiyasi, investitsiyasi asosida barpo etilib, mahalliy xom ashyo va ishchi kuchi hisobiga ishlaydi, oʻz mustaqil balansiga ega boʻladi, toʻliq xoʻjalik hisobi asosida faoliyat olib boradi. Q.k.ning chet ellik taʼsischisi daromad hissasini oʻz mamlakatiga olib chiqib ketish (oʻtka-zish) huquqiga ega boʻladi.
 
Oʻzbekistonda, asosan, mustaqillikdan keyin Koreya Respublikasi, AQSH, Xitoy, Italiya, Turkiya, pokiston, Germaniya, Rossiya, Ukrai-na, Buyuk Britaniya va b. bir qator davlatlar kompaniyalari va fir-malari bilan hamkorlikda Q.k.lar ishga tushirildi. Avtomobilsozlikda "Oʻz DEUavto" Oʻzbekistonkoreya (q. [[Asaka avtomobil zavodi]]), "SamKoch-avto" OʻzbekistonTurkiya, oltin sanoatida "Zarafshon-Nyumont" Oʻzbekiston-Amerika, "OʻzBAT" Oʻzbekiston-Buyuk Britaniya (q. [["British Ame-riken Tobakko"]]), "Sovplastital" Oʻzbekiston-Italiya, telekamunikatsiya korxonalari va b. juda koʻp Q.k. faoliyat koʻrsatmoqda.