Qoraqum: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa) + 19 × [[]]; + Turkum:Oʻrta Osiyo; - {{no iwiki}} |
Olaf Studt (munozara | hissa) 1 × linkfix, + 21 × [[]] |
||
Qator 1:
'''Qoraqum''' — [[Osiyo]]dagi eng katta qumli [[choʻl]]. [[Oʻrta Osiyo]]ning jan.da. [[Turkmaniston]]ning asosiy qismini egallaydi. Shim.da [[Sariqamish botigʻi]], shim.sharqda va sharqda [[Amudaryo]] [[vodiy]]si, jan.-sharqda [[Qorabel]] va [[Bodxiz qirlari]], jan.da [[Kopetdogʻ]] etaklari, gʻarbda qad. daryo oʻzani [[Oʻzboʻy]] bilan chegaradosh. Mayd. 400 ming km2. Q.ning asosiy qismi yosh grabenda joylashgan pasttekislikdan iborat. Oʻrtacha bal. 100 m, jan.-sharqida 200—300 m, shim.-gʻarbida esa 30—50 m. Q.da [[paleogen]] davrining oxiri ([[oligotsen]])gacha dengiz rejimi hukm surgan. Dengiz chekingach, [[allyuviy|allyuvial]] yotqiziqlar toʻplangan. Q.ning shim. qismlari Amudaryo, jan. qismlari [[Tajan (daryo)|Tajan]], [[Murgʻob]] daryolari va Kopetdogʻdan oqib tushgan qad. daryo yotqiziqlaridan hosil boʻlgan. Q. tabiiy geografik jihatdan uch qismga:
Q.ning iqlimi keskin kontinental, quruq subtropikka xos xususiyatlari bor (moʻʼtadil havo massalari yozda tropik havo massalari bilan almashinib turadi). Shim.da yanvarning oʻrtacha t-rasi —5°, jan.da 3°, iyulniki shim.da 28°, jan.da 34°. Havo trasining sutkalik amplitudasi juda katta (50°gacha, tuproqda 80°gacha). Yillik yogʻin 60 mm dan 150 mm gacha (jan.da koʻproq). Yogʻinning 70% noyabr—apr. da yogʻadi. Vegetatsiya davri 220—275 kun. Yiliga 30—60 kun garmsel esadi. Q.ning shim.-sharqiy chegarasidan Amudaryo oqib oʻtadi; Tajan va Murgʻob daryolari qumga singib ketadi. Q. grunt suvlariga boy: Amudaryo yaqinida 3—6 m dan (bu daryo Q.dagi hamma yer osti suvlarining asosiy manbaidir), Qorabel qirlarida 300 m gacha chuqurlikda yotadi. Q.da boʻz qoʻngʻir (asosan, Ungʻuzorti Q.da), choʻl qum tuproqlari, shoʻrxoklar va taqir tuproqlar tarqalgan. Jan. va jan.-sharqiy qismlarida qisman boʻz tuproqlar uchraydi. Bahorda Q.ning barxan qumlaridan tashqari hamma hududi efemer va efemeroidlar bilan qoplanadi. Rang (iloq) qoʻylarning asosiy ozuqasi, oq va qora saksovul, butalardan qandim, quyon-suyak, chakanda, astragallar Q.ning tro-pik oʻsimliklaridir. Barxan qumlarini mustahkamlashda selin, quyonsuyak va qandim, cherkez katta ahamiyatga ega. Sut emizuvchi hayvonlardan jayran, qarsaq tulki, boʻri, barxan mushugi, dasht mushugi, kemiruvchilar uchraydi. Qushlardan boyqush, toʻrgʻay, choʻl qargʻasi, chumchuqlar yashaydi. Sudraluv-chilardan
== Adabiyot ==
|