Tishsiz kitlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa)
-{{birlashtirish|moʻylovli kitlar}} <!-- Bot tomonidan qo‘shildi -->; + 20 x [[]], imlo; + Turkum:Hayvonlar, - {{no iwiki}}
Olaf Studt (munozara | hissa)
k 1 × linkfix
Qator 1:
'''Tishsiz kitlar''', moʻylovli kitlar ({{lang|la|Mysticeti}}) — [[kitsimonlar|kitlar]] kenja turkumi. [[Tish]]lari tugʻilmasdan oldin yoʻqolib ketadi (nomi ham shundan). Ular oʻrnida yuqorigi jagʻlarda "kit moʻylovi" deb atalgan uzun (20—450 sm li) shoxeimon plastinkalar (360— 800 ta) rivojlanadi. Plastinkalardagi qillar oʻzaro tutashib, sizdiruvchi toʻr apparat (elak) hosil qiladi. Oziq (mayda [[umurtqasizlar]], [[plankton]] organizmlar, mayda [[baliqlar]] va b.) shu toʻrdan sizilib oʻtadi. [[Tumshuq|Tumshugʻi]] ustida [[burun]] teshigi joylashgan. Boshi simmetrik tuzilgan, uzun tumshuq (rostrum) hosil qiladi. Pastki [[jagʻ]]lar bosh qutisidan uzunroq, yon tomonlari bukilib, yuqori jagʻlarni oʻrab oladi. T.k. hozirgi [[sut emizuvchilar]]ning yirigi (mas., [[koʻk kit]]ning uz. 33 m, ogʻirligi 160 t gacha). T.k. 3 [[oila (biologiya)|oila]] (silliq kitlar, [[yoʻl-yoʻl kitlar]], boʻz kitlar) 10—11 [[tur (biologiya)|tur]]ga ajratiladi. [[Okean]]larda keng tarqalgan, tropik okeanlarda, odatda, uchramaydi. Muntazam [[hayvonlar migratsiyasi|migratsiya]] qilib turadi. Koʻpchilik T.k. 3—5 ta hayvonlardan iborat kichik tuda boʻlib yashaydi. T.k. ga [[grenlandiya kiti]], janub kiti, boʻz kit, bukri kit, finval, [[seyval]], koʻk kit va b. kiradi. Koʻplab ovlash natijasida (yogʻi, moʻylovi sanoatda ishlatiladi) Shim. [[Atlantika okean|Atlantika]]da T.k. deyarli qolmagan. Hoz. [[Tinch okean]] va Jan. yarim shardagi dengizlarda uchraydi. 1957 y.dan Grenlandiya kiti, janub kiti va boʻz kitlar, 1967 y.dan esa koʻk kitni ovlash man etilgan. 5 turi Tabiatni muhrfaza qilish xalqaro ittifoqi [[Qizil kitob]]iga kiritilgan.
 
{{stub}}