Estetika: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 3:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Estetika''' (yun. — his qiluvchi, hissiy tarbiyaga doir) — inson bilan dunyo oʻrtasidagi qadriyat munosabatining oʻziga xos tomonlarini va kishilarning badiiy faoliyati sohasini oʻrganuvchi falsafiy fan. "EEstetika." terminini nemis faylasufi A.Baumgarten (1714—62) ilmiy muomalaga kiritgan. E.ning sinonimi sifatida goʻzallik falsafasi, sanʼat falsafasi, badiiy ijod falsafasi iboralari qoʻllanib kelingan. Keyingi paytlarda nafoyeatshunoslik yoki nafosat falsafasi atamalari ham E.ni anglatadigan boʻldi. E. oʻz ichiga sanʼat E.si, tabiat E.si, texnika E.si, dizayn, sport E.si, turmush E.si, atrof muhitni goʻzallashtirish va boshqalar sohalarni qamrab oladi.
 
E. nafosat, did, goʻzallik, xunuklik, ulugʻvorlik, tubanlik, fojiaviylik, kulgililik, moʻʼjizaviylik, hayolilik singari kategoriyalar bilan ish koʻradi. Ular orasida nafosat tushunchasi alohida oʻrin egallaydi. U bir tomondan, estetik anglashning barcha jihatlarini (estetik hissiyot, estetik zavq, estetik did, estetik muhokama va boshqalar), ikkinchi tomondan, estetik xususiyatlarni — amaldagi goʻzallik, ulugʻvorlik, fojiaviylik, kulgililik va h.k. jihatlarni oʻz ichiga oladi. Ana shu keyingi jihati bilan nafosat baʼzan E.ning predmeti sifatida ham qabul qilinadi.