Kitob (shahar): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 14:
'''Kitob''' — Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi shahar. Tumanning maʼmuriy markazi. Qashqadaryo bilan Okdaryo oraligʻidagi Shaqrisabz-Kitob botigida, oʻrtacha 685 m balandlikda joylashgan. Qarshi — Kitob t. y. shoxobchasining oxirgi — Kitob st-yasidan 4 km, viloyat markazi — Qarshi sh.dan 130 km. Aholisi 34,9 ming kishi (2000).
 
Shahar nomi arabchaforscha katfkift — yelka, tojikcha ob — suv soʻzlaridan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. K. oʻrta asrlarda Gʻarb bilan Sharq mamlakatlarini birbiriga bogʻlagan yirik kar-von yoʻli yoqasida, Samarqand va Shahrisabz (Kesh)ga yaqin joylashganligi uchun yirik shaharga aylangan. Mayd. 40 ga, shahar arki 1 ga dan koʻproq joyni egallagan. Ark harobalari hozir Qalandartepa deb yuritiladi. Shahar devorining qalinligi 7,5 m. Bu devor taxmi-nan mil. av. 3-a.da qurilgan. Oʻtmishda K.ning jan.-gʻarbiy tomonida kulolchilik mahallalari joylashgan. Arxeologik qazishlar natijasida ochilgan madaniy qatlamlardan katta marmar plitalar, bino qoldiqlari, turli shakldagi rangli sopol idishlar, mayda haykalchalar va b. buyumlar topilgan. Shahar bir qancha vaqt tushkunlikka tushib, 6—7-a.larda qayta tiklangan. Arkdan tashqarida 2,5 ga yerga qalʼa-qarorgoh qurilib, qalin devor bilan oʻrab olingan. 9—17-a.larda shahar avvalgi mavqeini yoʻqotgan. 18-a.da K. beklik markaziga aylangach, birmuncha tiklangan. Oʻsha davrda K.da 6 shahar darvozasi, bir necha oʻn guzar, 2 karvonsaroy, bozor, hammom, 4 qabriston boʻlgan. iHoz. K. Qashqadaryo viloyatining yirik madaniy va iqtisodiy markazlarilan. Paxta tozalash, vino z-dlari va b. korxonalar mavjud. K. kenglik st-yasi jahondagi 5 ta shunday st-yaning biridir (q. [[Kitob balandtogʻ rasadxonalar majmuasi]]). K.da tuman hokimiyati binosi, aloqa boʻlimi, mehmonxona, madaniyat uyi, umumiy taʼ-lim maktablari, avtostansiya, madaniyat va istirohat bogi, stadion va tennis korti, tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, dorixonalar, savdo va maishiy xizmat shoxobchalari bor.
 
K. Katta Oʻzbekiston trakti orqali Shahrisabz, Samarqand va b. shahar hamda tumanlar bilan bogʻlangan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>