Shri Lanka: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k fev. → fevral
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² using AWB
Qator 1:
'''Shri lanka''' (1972 yilgacha Seylon), Shri Lanka Demokratik Sotsialistik Respublikasi — Hind okeanidagi Shri Lanka o.da, Hindiston ya.o.dan jan.
 
sharqda joylashgan davlat. Mayd. 65,6 ming km2km². Aholisi 19,5 mln. kishi (2002). Rasmiy poytaxti — JayavardenapuraKotte (parlament joylashgan); amaldagi poytaxti — Kolombo shahri Maʼmuriy jihatdan 9 viloyat (rgoutse)ga boʻlinadi.
 
Davlat tuzumi. Sh.L. — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiruvchi respublika. Amaddagi konstitutsiyasi 1978 yil 7 sentyabrda qabul qilingan; keyinchalik oʻzgartishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (1994 yildan Kumaratunga Chandrika xonim). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni prezident va bir palatali parlament, ijrochi hokimiyatni parlament va bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.
 
Tabiati. Orol sohillarining aksariyat qismi past, lagunali, marjon riflari bilan oʻralgan, kam parchalangan. Hududining 80%dan ortigʻi pasttekislik, ayrim joylarda qoyalar uchraydi. Markazi va jan.da zinapoyasimon togʻlik joylashgan. Eng baland joyi — Pidurutalagala togʻi (2524 m). Sh.L.da grafit, kvars, qimmatbaho toshlar, kaolin va boshqalar bor. Iklimi mussonli, shim. va sharqida subekvatorial, jan. va gʻarbida ekvatorial iklim. Havo t-rasi tekisliklarda 26—30°; togʻlarda 15—20° gacha pasayadi. Yillik yogʻin togʻlikning jan.gʻarbiy yon bagʻrida 5000 m gacha, togʻ etaklarida 2000  mm gacha, shim.gʻarbiy va jan.sharqiy sohillarida 1000  mm dan kam. Daryolari qisqa va sersuv (eng yirigi Maxaveli daryosi); quyi oqimida kema qatnaydi. Tuproqlari qizil va laterit, daryo vodiylari va sohilida allyuvial tuproq. Mamlakat hududining 44% nam tropik oʻrmon bilan qoplangan. Yassitogʻliklar savanna tipidagi yalangliklardan iborat. Sohilida mangra oʻrmonlari va kokos palmazorlari bor. Hayvonot dunyosi xilmaxil: fil, maymun, kiyik, toʻngʻiz, qoplon, silovsinlar yashaydi; timsoh, toshbaqa, ilonning bir qancha turi, kaltakesak bor. Qush va hasharot koʻp. Vilpattu, Yala (Ruxunu), GalOya milliy bogʻlari, Kandi shahri yaqinida botanika bogʻi bor.
 
Aholisining 75% singallar, 16% dan ortigʻini tamillar tashkil etadi. Shuningdek, mavrlar (arab va mahalliy musulmonlar avlodlari) va boshqalar ham yashaydi. Shahar aholisi 23%. Rasmiy tillar — singal, tamil va ingliz tillari. Dindorlar buddaviylik, hinduiylik, islom va boshqalar dinlarga eʼtiqod qiladilar. Yirik shaharlari: Kolombo, Jafna, Kandi.
Qator 45:
lar oʻz filmlarida muhim ijtimoiy muammolarni yoritdilar ("Ezgu istak", "Lasanda", ikkovining rej. K. Perera; "Nima boʻldi?", rej. P. Gunaratne; "Yetti dengiz", rej. S. Gunasinge). Sh. L. kinosida rej. larD. Patxiraja, M. Sandasagera, S. Periyes va boshqalar mashhur. 80-y.lardagi eng yaxshi filmlar: "Qayiqlar sohilga qaytganda" (rej. S. Aryavatna), "Ikki oila" (rej. S. Periyes).
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}