Shimoliy Makedoniya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² using AWB
Qator 1:
{{Makedoniya_info}}
{{Maʼnolari|Makedoniya}}
'''Makedoniya''' (Makedonija), '''Makedoniya Respublikasi''' (Republika Makedonija)<ref> [[Igor Janev]], Legal Aspects of the Use of a Provisional Name for Macedonia in the United Nations System, AJIL, Vol. 93. no 1. 1999. </ref>— Jan. Yevropada, Bolqon ya.o.ning markaziy qismida joylashgan davlat. Mayd. 25713 km2&nbsp;km². Aholisi 2,046 mln. kishi (2001). Poytaxti — Skopye sh. Maʼmuriy jihatdan 30 tuman (rayon)ga boʻlinadi.
 
 
== Davlat tuzumi ==
M. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1991 y. 17 noyabrda qabul qilingan, 1992 y. 6 yanvar da tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligi — prezident (1999 y.dan Boris Traykovskiy), umumiy teng va toʻgʻri yashirin ovoz berish yoʻli bilan fukarolar tomonidan 5 y. mudsatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi oliy organi — Majlis (bir palatali parlament). Ijroiya hokimiyat — rais va vazirlardan iborat hukumat.
 
 
== Tabiati ==
M. hududining koʻp qismini oʻrtacha balandlikdagi (2764 m gacha) togʻlar egallaydi. Ular oraligʻida daralar va dare vodiylari bor. Tez-tez zilzila boʻlib turadi. Iqlimi — moʻʼtadilkontinental, jan.da Oʻrta dengizga xos iqlim. Oʻrtacha t-ra yanvarda 5° — 7°, iyulda 24°—26°. Oʻrtacha yillik yogʻin 500 &nbsp;mm. Asosiy daryolari — Vardar va Strumitsa, katta koʻllari — Oxrid, Prespa. Togʻ yon bagʻirlarida — aralash oʻrmon (asosan, dub va buk) hamda butazorlar, 2000 m dan balandda — togʻ yaylovlari, Foydali qazilmalardan xromit, marganets, qalayrux, mis va temir rudalar, surma, uran, magnezit konlari bor.
 
Aholisining 66,5% makedonlar; albanlar (22,9%), turklar (4%). loʻlilar (2,3%), serblar (2%), musulmon-slavyanlar (2,1%) ham yashaydi. Rasmiy til — makedon tili. Dindorlarning koʻpchiligi — pravoslav xristianlar; sunniy musulmonlar ham bor. Aholisining 54% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Skopye, Bitola, Prilep, Kumanovo, Oxrid.
 
 
== Tarixi ==
Qator 22 ⟶ 19:
 
da M. suveren, mustaqil, demokratik respublika deb eʼlon qilindi. M. — 1993 y.dan BMT aʼzosi. OʻzR bilan diplomatiya munosabatini 1994 y. 31 dek.da oʻrnatdi. Milliy bayrami — 2 avg . — Respublika kuni.
 
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
Umummakedoniya inqilobiy tashkiloti — M. milliy birligi demokratik partiyasi, 1990 y.da tuzilgan; Demokratik alternativa partiyasi, 1998 y.da tashkil etilgan; Liberaldemokratik partiya, 1997 y.da tuzilgan; M. demokratik partiyasi; Albanlar demokratik partiyasi; M. sotsialdemokratikittifoqi, 1943 y.da M kommunistlar ittifoqi nomi bilan tuzilgan va 1991 y. 20 apr.dan hozirgi nomi bilan yuritiladi; M. sotsialistik partiyasi, 1990 y.da asos solingan. M. kasaba uyushmalari konfederatsiyasi.
 
 
== Xoʻjaligi ==
Qator 34 ⟶ 29:
 
T. y. uzunligi — 0,7 min g km, avtomobil yoʻllari uz. — 10,6 ming km. Chetga kiyim-kechak, gazmol, mashina va asbob-uskuna, doridarmon, mebel, q.x. mahsulotlari sotadi. Pul birligi — denar.
 
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
M.da 7—15 yoshdagi bolalar uchun 8 y.lik asosiy maktab doirasida majburiy boshlangʻich taʼlim joriy etilgan. Shu maktab negizida oʻrta umumiy taʼlim maktabi — gimnaziya va kasb-hunar maktabi tashkil etilgan. Yirik oliy oʻquv yurtlari: Skopyeda universitet (1949 y.da tashkil qilingan, uning huzurida iqtisodiy i.t. instituti bor) va ped. akademiyasi. M. fan va sanʼat akademiyasi, milliy tarix instituti, folklor, geol., veterinariya institutlari, Oxrid sh.da gidrobiol. instituti, Strumitsa sh.da paxta instituti, 20 ga yaqin ilmiy jamiyat mavjud. Skopyeda xalq kutubxonasi, universitet kutubxonasi, tarixiy arxiv, arxeologiya (1924), tarix (1926) muzeylari, rasmlar galereyasi (1948), etn. muzeyi (1949), Oxridda tarix va rayem muzeylari bor.
 
 
== Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi ==
M.da bir qancha gaz. va jur. lar nashr etiladi.Eng yiriklari: "Nova Makedoniya" ( "Yangi Makedoniya", makedon tilida chiqadigan kundalik gaz., 1944 y.dan), "Birlik" ( turk tilida chiqadigan gaz., 1994 y.dan), "Vecher" ( "Oqshom", kundalik gaz.,1963 y.dan), "Pule" (haftalik gaz.,1991 y.dan), "Trudbenik" ("Mehnatkash", haftalik gaz.), "Flyaka evellazerimit" ( alban tilidagi gaz.,1945 y.dan). Makfaks — M. axborot agentligi 1993 y.da tashkil etilgan. M. radiosi 1944 y.dan, telekoʻrsatuvi 1964 y.dan ishlay boshlagan.
 
 
== Adabiyoti ==
Qator 48 ⟶ 40:
 
larda roman va qissa janrlari rivojlandi (S. Yanev-ski, D. Solev, S. Drakul, Y. Leov, G. Abajiyev, J. Chingo va b.). Dramaturgiyada V. Iloski, K. Chashule, T. Arsov-skilar ijod qildi. M.da turk va b. xalqlar adabiyoti ham mavjud.
 
 
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
Qator 56 ⟶ 47:
 
M.da amaliy bezak sanʼati, oʻymakorlik va b. rivojlangan. Oxriddagi 11-a.ga oid ayo Sofiya ibodatxonasi, Nerezidagi 12-a.ga mansub avliyo Panteleymon cherkovi devorlariga ishlangan rasmlar M. hududidagi eng qad. tasviriy sanʼat yodgorliklaridir. 13—14-a.larda Yevtihis va Mixail kabi rassomlar erkin syujet asosida nozik tabiat manzaralarini chizdilar. 18-a. 2-yarmi va 20-a. 1-yarmida makedon rassomlari Frchkoskilar oilasi, J. Zografski va D. Andonov umumevropa rangtasviri ruhida ijod qilib, vatanpar-varlik kompozitsiyalari, portretlar, peyzajlar yaratdilar, xalq turmushini aks ettirdilar. Zamonaviy makedon tasviriy sanʼatida rassomlik, haykaltaroshlik, grafika, amaliy bezak sanʼatining har xil turlari rivojlangan.
 
 
== Musiqasi ==
Xalq musiqasi xilma-xil va oʻziga xos boʻlib, asosan, 2 ovozli qoʻshiq va cholgʻu kuylaridan iborat. Musiqa asboblari orasida tapan, darbuka, doyra kabi urib chalinadigan, shu-pelka, zurla, kaval kabi puflab chalinadigan, gusle, kara kabi torli, kamonli va chertib chalinadigan turli sozlar bor. Doyra boʻlib qoʻshiq aytish va raqsga tushish keng tarqalgan. 19-a. oxiri va 20-a. boshlarida M.da musiqa madaniyati rivojlandi, madaniy-maʼrifiy jamiyatlar vujudga keldi. 1895 y. Skopyeda duxovoy orkestr, 1907 y. "Vardar" qoʻshiqchilar jamiyati tashkil topdi. 1928 y. S. Arsich birinchi musika maktabini ochdi. S. Gaydov, J. Firfov kabi isteʼdodli kompozitorlar yetishib chiqdi. 2-jahon urushi davridagi xalq ozodlik kurashida qoʻlga qurol olib qatnashgan makedon kompozitorlari vatanparvarlik ruhidagi ommaviy koʻshiqlar ham yaratishdi. 60— 80-y.larda G. Prokopyev, K. Makedonski, T. Zografski, T. Proshev kabi kom-pozitorlar opera va balet janrlarida barakali ijod qiddilar. Skopyeda Filarmoniya (1944), M xalq teatrida opera truppasi (1947), Folklor instituti (1950), radio xori (1945), oʻrta musiqa maktabi, Oliy ped. institutida musiqa kafedrasi mavjud. M.ning Oʻzbekistondagi madaniyat kunlari doirasida Tosh-kentda 20-a. kompozitorlari asarlaridan konsertlar oʻtkazilgan.
 
 
== Teatri ==
1901 y.da "Tashvish va tasalli" deb atalgan targʻibot-vatanparvarlik teatr truppasi tashkil etildi, 1913 y.da Skopyeda birinchi doimiy serb Xalq teatri ochildi. 20—30-y.larda ishchi va talabalarning havaskorlik teatr jamoalari vujudga keldi. 1945 y.da Skopyedagi Xalq teatri M. xalq teatri deb atala boshladi. Teatr tarkibida drama va balet truppalari bor. M. sahnalarida mahalliy dramaturglar, jahon klassikasi va xorijiy mualliflarning asarlari qoʻyiladi. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
Qator 69 ⟶ 58:
 
{{Yevropa}}
 
{{stub}}
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:Yevropa]]
Qator 75 ⟶ 65:
[[Turkum:BMT aʼzolari]]
 
 
{{OʻzME}}
{{stub}}