Nikaragua: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² using AWB
Qator 3:
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
{{Maʼnolari|Nikaragua (maʼnolari)}}
'''Nikaragua''' (Nicaragua), Nikaragua Respublikasi (Republika de Nicaragua) — Markaziy Amerikadagi davlat. Mayd. 129,494 ming km2km². Aholisi 5 mln. kishi (2002). Poytaxti — Managua sh. Maʼmuriy jihatdan 15 departament (departamento) va 2 muxtor regionga boʻlinadi.
 
 
== Davlat tuzumi ==
Qator 10 ⟶ 9:
 
da kabul qilingan, unga 1995 va 2000 y.larda tu-zatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (2002 y.dan Enrike Bolan-os Geyer). U toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 y. muddatga saylanadi, ketma-ket ikkinchi muddatga saylanishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi hokimi-yatni Milliy assambleya (bir palatali parlament), ijroiya hokimiyatni prezident amalga oshiradi.
 
 
== Tabiati ==
Karib dengizi qirgʻogʻidagi ensiz (130 &nbsp;km gacha) allyuvial pasttekislik Moskito sohili deb ataladi. Mamlakat shim. va markazidagi yassi togʻlikni daryolar kesib oʻtadi (Kordilyera-Isabelya togining eng baland choʻqqisi 2438 m). Gʻarbi va jan.da tek-tonik botiq, vulkanlar, koʻllar bor. Yirik koʻllari — Nikaragua va Managua. Zilzila boʻlib turadi. Oltin, kumush, nikel, simob, mis, qoʻrgʻoshin-rux, kumir, neft konlari bor. Iklimi tropik, passatli, doimiy nam. Oylik oʻrtacha temperatura 25—28°, togʻlarda 16—18°, yillik yogʻin 2000—4000 2000–4000&nbsp;mm dan 6500 &nbsp;mm gacha. Daryolari shar-sharali, sersuv, eng katta daryosi — Rio-Grande. Mamlakat hududining 50% dan koʻprogʻi oʻrmon, ichki hududlarida savanna koʻp. N.da bugʻu, maymun, tapir, pekar, chumolixoʻr, shuningdek, juda koʻp kemiruvchilar, kurshapalaklar, qushlar, sudraluvchilar uchraydi. Vol-kan-Masaya, Saslaya milliy boglari bor.
 
Aholisining 87,7% ga yaqini nikaraguanlar. Kolgan qismi sambo, mulatlar, togʻli joylarda moskito (indeys)lar. Ispan-indeys metislari latino deb ataladi. Rasmiy tili — ispan tili. Koʻpchilik aholi katolik, bir qismi protestant. Shahar aholisi 61%. Yirik shaharlari: Managua, Leon, Matagal-pa, Granda.
 
 
== Tarixi ==
Qator 22 ⟶ 19:
 
da erkin yalpi saylov oʻtkazildi. Sandinochilar milliy ozodlik frontining nomzodi D. Ortega prezident etib saylandi. 2001 y. 4 noyabrdagi saylovda gʻalaba qozongan prezident E.B. Geyer Liberal konstitutsiyachilar partiyasining rahbaridir. N. — 1945 y.dan BMT aʼzosi. Milliy bayram — 15 sent. — Mustaqillik kuni (1821).
 
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
N. sotsialistik partiyasi, 1939 y. asos solingan, 1944 y. 3 iyulda tashkiliy jihatdan rasmiylashtirilgan; Musta -qil liberal partiya, 1944 y. tashkil etilgan; N. sotsial xristian partiyasi, 1957 y. tuzilgan; Sandinochilar milliy ozodlik fronti partiyasi, 1961 y. tashkil etilgan; Liberal konstitutsiyachilar partiyasi, 1967 y. tuzilgan; Milliy birlik mustaqil liberal partiyasi, 1988 y. tuzilgan; N. konservativ partiyasi, 1922 y. Konservativ demokratik partiya bilan Sotsial-konservativ partiyaning qoʻshilishi natijasida vu-judga kelgan; Sandinochilar yangilanish harakati, 1995 y. mayda tuzilgan. N.da 5 ta kasaba uyushmasi bor, ularning yiriklari: Mexnatkashlar milliy fronti, 1979 y.da asos solingan; Q.x. mahnatkashlari uyushmasi, 1979 y.da tuzilgan; N. mehnatkashlari kasaba uyushma markazi, 1962 y. tashkil etilgan.
 
 
== Xoʻjaligi ==
Qator 32 ⟶ 27:
 
Qishloq xoʻjaligi mamlakat iqtisodiyotining asosini tashkil eta-di, unda paxta, kofe, shakarqamish yetishtiriladi. Sholi, kunjut, loviya, makkajoʻxori, banan, tamaki, kakao ham ekiladi. Yaylov chorvachiligida qoramol, choʻchqa boqiladi. Iqtisodiy faol aholining 47% q.x.da band. Sohil aholisi baliq va dengiz jonivorlarini ovlash bilan shugʻullanadi.
 
 
== Sanoati ==
Oltin, kumush, mis, qoʻrgʻoshin-rux rudalari, neft qazib olinadi. Oziq-ovqat va yengil (asosan, toʻqimachilik va poyabzal) sanoat — qayta ishlash sanoatining yetakchi tarmoklari hisoblanadi. Kushxonalar, qand-shakar, paxta tozalash korxonalari, koʻnchilik z-dlari, metallsozlik, kimyo, farmatsevtika, sement, qogʻoz, yogʻochsozlik tarmoklarining mayda korxonalari bor. Managua yaqinida neft mahsulotlari z-di qurilgan. Yiliga oʻrtacha 1,07 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Asosiy sanoat mar-kazlari — Managua, Leon, Masaya. T.y. uzunligi — 403 &nbsp;km, avtomobil yoʻllari — 14,4 ming km. Dengiz portlari — Korinto, Blufilds, SanXuan-del-Sur. N. chetga paxta tolasi, chigit, kofe, goʻsht, qand-shakar, yogʻoch, mineral xom ashyo chiqaradi. Chetdan mashina va asbob-uskuna, tayyor buyumlar, xom ashyo va b.ni sotib oladi. Sav-do-sotiqdagi asosiy hamkorlari: AQSH, Markaziy Amerika mamlakatlari, Germaniya, Yaponiya, Kanada, Ispaniya, Meksika, Italiya. Pul birligi — oltin kordoba (oro).
 
Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. Davlatga qarashli tibbiy muassasalar bilan bir qatorda xususiy shifoxonalar ham mavjud. Vrachlar Leondagi N. Milliy muxtor universitetining tibbiyot f-tida va Managuadagi tibbiyot kollejida tayyorlanadi. N. maorifi A. Somosa hukmronligi davrida inqiroz holatida edi. 1978—79 y.larda mamlakat aholisining 70%, qishloq aholisining 90% savodsiz boʻlgan. 1979 y.dan yalpi majburiy umumiy boshlangʻich taʼlim joriy etila boshladi. Oʻrta taʼlim [oʻrta maktabda 5 (3+2) yoki 6 (3+3) yillik] bepul boʻldi. Oliy oʻquv yurtlari: Leondagi N. Milliy muxtor universiteti (1812 y.da asos solingan), Managuadagi Markaziy Amerika universitetining N. boʻlimi (1961), Managuadagi universitet (1976). Ilmiy muassa-salari: N. tillar akademiyasi (1928), Geogr. va tarix akademiyasi (1934), Milliy falsafa akademiyasi (1964), Geol. mahkamasi, Q.x. in-ti (hammasi Managuada). Managuada Markaziy ku-tubxona, Leonda universitet markaziy kutubxonasi va Munitsipal kutubxona, Managuada Markaziy muzey (1896), Masaya sh.da "Tenderi" muzeyi va b. bor.
Qator 42 ⟶ 36:
 
Adabiyoti ispanlar Markaziy Amerikaga kelgandan keyin 16-a. 2-yarmidan ispan tilida vujudga kelib, rivojlana boshladi. Fernandes de Ovye-do-iValdesning "Nikaragua tarixi" (16-a. oxiri)ni birinchi adabiy yodgorlik deb hisoblaydilar. 18-a. oxirlarida M. Larraynaga va R.F. Osexo ilmiy-ommabop asarlar va siyosiy makrlalar bilan maydonga chikdi. Ispaniyaning Amerikadagi mustamlakalari mustaqilligi uchun urush (1810—26) mamlakatda adabiyotni rivojlantirishga turtki boʻddi. Shu urush qatnashchisi F. Kin-ones Sunsinning qoʻshiqlar va hajviyalardan iborat "Sheʼrlar" toʻplami ada-biyotda romantizmga asos boʻldi. 19-a. oxi-rigacha davom etgan mazkur oqim A. Aragon, L. A. Vilya, K. Dias kabi adiblarni voyaga yetkazdi. 19a. oxiri prozasida kos-tumbrizm qaror toddi. Bu oqim Ispaniya va Lotin Amerikasi mamlakatlari adabiyoti va tasviriy sanʼatida xalq turmushini real aks ettirishga intilish tamoyilini ifodalar edi (G. Gusman romanlari, X. D. Games, A. F. Bala-nos ocherklari). R. Dario poeziyada modernizmga asos soldi. Shoirning "Lo-juvard", "Hayot va umid qoʻshiqlari" va b. toʻplamlariga kiritilgan asarlari vatanparvarlik tuygʻularini kuylaydi. 20-a. boshlarida S. Arguelo, X. Oliva-res, X. Salgado, S. Sakas, S. de la Selva sheʼrlari, E. Robleto romanlari shuhrat qozondi. 30-y.lardan keyin koʻpgina shoir va yozuvchilar taʼq-ibga uchradi. Somosa rejimi agdaril-gach, adabiyot gurkirab rivojlandi. J. Belli, E. Ilyeskas, K. Peres Alonso, E. Gutyerres, Fanor Telyes, X. Valye-Kastilo kabi shoirlar ozodlikni madh etuvchi sheʼrlar yaratishdi. Adiblardan L.A. Kabrales, B.Morales, S. Ramires asarlari shuhrat qozondi.
 
 
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
Qator 49 ⟶ 42:
larda qurilgan cherkovlarda barokko (Leondagi sobor, 1747— 1825), soʻng klassitsizm (Granadadagi San-Fransisko cherkovi, 1862) uslu-biga xos naqshlar bilan bezatilgan. 20-a.da Managua sh.da zamonaviy meʼmorlik uslubida qurilgan imoratlar paydo boʻldi (meʼmor P. Dambax va b.). Keyingi asrlarda tasviriy sanʼat ravnaq topdi. Zamonaviy ustalardan rassom A. Alonso Rochi, oʻymakor X. Amador Lira, gravyurachi S. _l^_:__2_ Baraonalar mashhur.
 
Xalq amaliy sanʼatining yogʻoch oʻymakorligi, kulolchilik, kashtachilik kabi turlari ommalashgan. Managua sh.da nafis sanʼat maktabi mavjud. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
 
'''Nikaragua''' (Nikaragua Respublikasi) poytaxti — [[Managua]] shahri. [[BMT]] aʼzosi
 
{{stub}}
{{Shimoliy Amerika mamlakatlari}}
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:Amerika]]
[[Turkum:Davlatlar]]
[[Turkum:BMT aʼzolari]]
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
 
{{OʻzME}}
{{stub}}