Murmansk viloyati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² (2) using AWB
Qator 1:
'''Murmansk viloyati''' - RF tarkibidagi viloyat. 1938 y. 28 mayda tashkil qilingan. Shimoliy iqtisodiy r-nga kiradi. Rossiya Yevropa qismining shim.-gʻarbida, Kola ya.o. va materikning bir qismida joylashgan. Oq va Barens dengizlari bilan oʻralgan. Fap-bda Norvegiya va Finlyandiya bilan chegaradosh. Mayd. 144,9 ming km2km². Aholisi 1016,6 ming kishi (1998). Asosiy aholisi ruslar (82,3 %), shuningdek, ukrain, belorus, saamlar, karellar va b. yashaydi. Shahar aholisi 91,8 %. Markazi — Murmansk sh. 5 maʼmuriy tumanga boʻlingan. 16 shahar va 16 shaharcha bor. M.v. yer yuzasi past togʻlar, qirlar va botiklardan iborat. Kolaya.o.ning mayd. 100 ming km2gakm²ga yaqin. Shim. sohili baland, tik, jan. dagisi past, qiya. Yarim orolning gʻarbiy qismida Xibin togʻlari (bal. 1191 m gacha) joylashgan. Markaziy qismida Keyvi suvayirgʻich gryadasi bor. Kola ya.o. Boltiq qalkrnining shim.- sharqiy chekkasini tashkil qiladi. M.v. da apatit rudalari, glinozem xom ashyosi, nikel va b. bor. Iqlimi Kola ya.o. janubiy kismida moʻʼtadil, dengiz iqlimi, shim. kismida subarktik, nisbatan yumshoq. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi shim.da —8°, markaziy qismida —13° gacha, iyulniki shim.da 8° va markaziy qismida 14°. Yillik yogʻin 350 &nbsp;mm dan 1000 &nbsp;mm gacha (togʻli r-nlarda). M.v.da qutb kuni va qutb tuni almashinib turadi. Vegetatsiya davri 80—130 kun. Koʻp sonli ostonali daryolar va koʻllar bor. Shimoli yoʻsinlishaynikli tundra, jan.rogʻi oʻrmonli tundra va taygadan iborat. Tuproklari, asosan, podzol, botqoq, shim.da tundra tuproklari. Yovvoyi hayvonlardan bugʻu, los, rosomaxa, ayiq, tiyin, suvsar, tulki, oq tulki, ondatra, norka, oq sichqon, quyon yashaydi. Baliq turi koʻp. M.v.da Laplandiya, Kandalaksha, Pasvik qoʻriqxonalari bor. Konchilik, rangli metallurgiya va baliq sanoatlari rivojlangan. M.v.da dengiz suvi koʻtarilishi (qalqishi) va kaytishi bilan ishlaydigan Kislaya Guba elektr stansiyasi qurilgan. Yirik GRES bor. Sanoatining asosiy tarmoqlari: konchilik (temir rudasi, apatit-nefelin, misnikel rudalari), rangli metallurgiya (birlamchi alyuminiy, tozalangan mis, nikel), baliq sano-ati, kimyo (apatit konsentrati), qora metallurgiya (temir rudapi konsentrat). Yirik korxonalari — "Severoni-kel", "Pechenganikel" k-tlari (tozalangan mis, nikel, kobalt, oltin-gugurt kislotasi), Kandalaksha alyuminiy zavodi (birlamchi alyuminiy), Olenegorsk, Kovdor ruda boyitish k-tlari, "Murmanribprom" korxonasi, "Nerpa" kemaremont zavodi. Kola AES, daryolarida GES kaskadlari bor. Asosiy sanoat shaharlari: Murmansk, Apatit, Kandalaksha, Monchegorsk, Kirovsk, Olenegorsk. Q. x.ningetakchi tarmogʻi — chorvachilik. Krramol (sut-goʻshtli zotlari), choʻchqachilik, bugʻuchilik, parrandachilik rivojlangan. T.y. 900 &nbsp;km dan ziyod, shundan 341 &nbsp;km elektrlashtirilgan. Dengiz transporti muxim rol oʻynaydi. (asosiy porti — Murmansk). Avtomobil yoʻllari — 2 ming km. Aeroport bor. Muntazam havo liniyalari Murmanskiy Moskva, Sankt-Peterburg , Arxangelsk, Petrozavodsk sh.lari bilan bogʻlaydi. 3 oliy o'quv yurti, Rossiya FA ning Kola filiali, Qutb i. t. markazi, dunyoda eng shim. Qutbiy botanika bogʻi va b. ilmiy muassasalar mavjud. 2 muzey, 2 teatr, sanatoriy bor.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{stub}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
Qator 10 ⟶ 8:
{{Shimoli-gʻarbiy federal okrug}}
{{Rossiya Federatsiyasining subʼektlari}}
 
 
[[Turkum:Rossiya viloyatlari]]
 
 
{{stub}}